Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
O‘zbekistonliklar “virusdan qo‘rqmaydi”mi?
Jul 22, 2020
93

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zMTDP Markaziy kengashi raisi Аlisher Keldievichning "chet eldan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarishni vaqtincha to‘xtatib, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish" mazmunidagi taklifi keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

А. Qodirov bilan bitta partiyadan ekanim yoki "qolgan deputatlar nega jim" deyishgani uchunmas, o‘z fikrim borligi uchunam shu mavzuda post yozishga ahd qildim.

O‘ylaymanki, bu qo‘llab-quvvatlashga arziydigan va ayni paytda jasorat talab etadigan taklif.

(Buni baʼzilar "peshonasini tirishtirmay" oxirigacha o‘qisa, tushunsa kerak).

Jasorat deganim shuki, bugungiday tig‘iz paytda tashqi migrantlarimizning aniq sonini shakllantirishning o‘zi xalqaro darajadagi katta ish. Eng muhimi, asoslantirilgan, aniq xarajat summasini belgilash va kerak bo‘lsa, chetdagi jigarlarimizni joyiga borib davolash masʼuliyatini oladigan vrachlar uchun ham mehnat va hayot sug‘urtasini tashkillash, kafolatlash zarur bo‘ladi.

Ikkinchidan, migrantlarning aksari ish izlab atay o‘sha yurtlarga borgan fuqarolarimiz. Vatandoshlarimizning ko‘pchilik qismi anchadan buyon o‘rnashib qolgan, yoki yaqindagina daromadli ish topgan, ularni bundan ayirish qancha-qancha oilalarning ham daromaddan mosuvo qilish degani. Bu o‘tkinchi kasallik (aslida, hamma shunga umid qilyapti!) ortidan orqa-oldga qaramay, qaytarib tashiyversak, bu ham to‘g‘ri bo‘larmikan? Balki, dunyo afkor ommasi aytayotgan "virusdan qo‘rqmaslik" yoki Prezidentimiz aytgan "virus bilan yashash va ishlash sharoiti"ga o‘rganish degani shudir? Bizni, aslida, iloji bor bo‘lgan imkoniyatdan foydalanishga nima to‘sqinlik qiladi o‘zi?

To‘g‘ri, dunyodagi ko‘p millatda bo‘lmagan insoniy tuyg‘ular Bizda bor: subut, oqibat, hamiyat va diydor kabi. Balki, taqdir yo tirikchilik sabab ko‘pdan beri kelolmay yurganlari bordir, balki, zerikkanlari yo sog‘inganlari ham. Mayli, ular kelishsin, agar oilasi (boring ana shaxsan o‘zi)dan so‘rarmiz. Аmmo, bunday tahlikali va yana qaytaraman, o‘tkinchi vaziyatda o‘sha fuqarolarmizning ertangi taqdirini ko‘zlab, ular foydasiga ish tutishga men ham tarafdorman. Faqat buni amalga oshirish uchun g‘amxo‘rlik, halollik va albatta, ishonch kerak! Biz bunga qodirmiz, O‘zbekiston bunga qodir.

Shulardan kelib chiqib, Hukumat bu masalani har tomonlama puxta va albatta, chetda yurgan aziz vatandoshlarimizning taqdirini o‘ylab ish tutishi lozim, deb hisoblayman. Ushbu masalada respublikamizning xorijdagi tegishli elchilari, xalqaro inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlar va agar ixtiyorlari bo‘lsa, chet eldagi O‘zbek elitalari ham birlashsa, ulug‘ ish bo‘lardi.

Umidjon Jabborov,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis

qonunchilik palatasi deputati

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50