Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan xususiy notarial idoralar joriy etiladi
Sep 10, 2019
41

Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Farmonga muvofiq, birinchidan, 2020-yil 1-yanvardan xususiy notarial idoralar tashkil etiladi. Notarial palata tashkil etiladi va unga barcha notariuslar a’zo bo‘ladi. “Bu o‘zgarish aholining notarial idorada navbat kutib qolishi va idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini oladi” — deya izoh bermoqda Adliya vazirligi.

Ikkinchidan, mol-mulklar bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlashda ham bir qator talablar bekor qilinadi. Xususan, 2020-yilning 1-yanvaridan e’tiboran qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi shaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berishda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi.

Uchinchidan, bir qator notarial harakatlarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Xususan, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi. 2020-yil 1-yanvardan boshlab korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, birlamchi bozorda mol-mulkni lizingga berish va garov (ipoteka) shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50