Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
O‘zbekistonda teshilmas shinali avtomobillar ishlab chiqariladi
Oct 9, 2019
61

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi teshilmas shinaga ega bo‘lgan mahalliy avtombillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

O‘zbekiston 2030-yilgacha kelajak texnologiyalaridan foydalangan holda yangi darajadagi avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda qonun muhokamalari portalida e’lon qilingan O‘zbekistonni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasida ma’lum qilingan.

Xususan, kontseptsiyada O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillarga damsiz shinalarni qo‘llash rejalashtirilyapti. Shinalarning ichi esa kauchuk bilan to‘ldirilgan plastinali karkas bilan jihozlanadi. Ushbu plastinalar setkali ko‘rinishga ega bo‘lib, barcha bog‘lamlar bir-biriga qarama-qarshi joylashtirilgan bo‘ladi. Shuning hisobiga shinalar turli o‘tkir jismlar chuqurliklarga bardoshli bo‘ladi.

Yangi shinalardan tashqari, Yangi shinalardan tashqari, ishlab chiqarishda polimerli uglerod tolasi, qatronlar va boshqa texnologiyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, kompaniyada avtomobillarning dvigatellari, uzatish qutilari va boshqa butlovchi qismlari ishlab chiqarilishining mahalliylashtirilishi ham kutilyapti.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50