Obuna bo`ling!
USD10692.00
EUR12447.63
RUB150.46
O‘zbekistonda gender tenglik masalalari
Oct 9, 2021
79

Bugungi kunda zamonaviy jamiyatda globallashuv va integratsiya jarayonlarini keng yoyilishi, yangicha muammolarni keltirib chiqa boshladi. Tadqiqotchi olimlar tomonidan o‘rganilishi zarur bo‘lgan muammolar qatoriga “gender” jarayonlarini ham kiritishimiz mumkin.

Gender o‘zi nima? Gender - umuman olganda, erkaklar va ayollarning umumiy tenglik nuqtai nazaridan farqlarini va tomonlarning barcha yo‘nalishlardagi haqiqiy o‘rnini aks ettiruvchi tushuncha hisoblanadi.

Gender inglizcha “gender” so‘zidan olingan bo‘lib, “zot”, “jins” ma’nolarini bildiradi.

Gender (ayollar va erkaklar) tengligi - bu har bir insonning huquqidir, lekin xozirda bizning jamiyatda ayollar va erkaklar uchun imkoniyatlardan to‘liq foydalanish va mustaqil qarorlar qabul qilish jarayonlarida doimiy bo‘shliqqa duch kelinmoqda. Dunyo miqyosida ayollar erkaklarga qaraganda iqtisodiy faollik uchun, boshlang‘ich va oliy ma’lumot olish imkoniyati va boshqa bir qator soxalarda ham kamroq imkoniyatlarga ega deyishimiz mumkin. Jamiyatda ayollarni huquqlarini kafolatlash va ularga o‘z salohiyatlarini to‘la namoyon etish imkoniyatini berish nafaqat gender tenglikka erishish, balki rivojlanishning keng bosqichlariga erishish uchun ham muhim omil hisoblanadi. Gender tenglik yana shuni anglatadiki, har bir jamiyatda erkaklar va ayollar moliyaviy mustaqillik, ta’lim va shaxsiy rivojlanish uchun teng kuchga ega bo‘lishidir. Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish gender tengligiga erishishning muhim jihatlaridan hisoblanadi. Bu ayolning o‘zini o‘zi qadrlash tuyg‘usini, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini, berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishini yanada oshiradi. Shunga qaramay gender masalalari nafaqat ayol va erkak tengligi, balki jamiyatdagi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi munosabatlarga ham qaratilgan. Lekin tan olish kerakki jamiyatda ayollarning huquqlarini tan olinishi shu jamiyatda xukmron erkaklar qaroriga bog‘liq holda qolayotganligi achinarli xoldir.

O‘zbekiston mustaqillik yillarida gender tenglikka erishishda juda katta samarali ishlarni amalga oshirdi. Bunga misol tarzda O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi bir qator xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Jumladan BMTning (1979 yil) Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CEDAW), (1995 yilgi) Pekin Deklaratsiyasi va harakatlar platformasi, (1989 yilgi) Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyalar.

O‘zbekiston Respublikasida 02.09.2019 yilda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida” Qonun e’lon qilindi. Ushbu Qonun bilan barcha davlat idoralarining vakolatlari belgilab qo‘yildi. Jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishda birinchi bo‘g‘inlardan bo‘lib, xodimlarning malakasi va zo‘ravonlik sodir etilgan hollarda amalga oshirilgan dastlabki harakatlari katta ahamiyatga ega - zo‘ravonlikdan jabrlanganga davlat himoyasini to‘liq ta’minlanishiga erishishi lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda gender tenglikka erishishda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada kuchaytirish, shu orqali oilani mustahkamlash, yuqori intellektual darajadagi yosh avlodni voyaga yetkazish, jamiyat barqarorligini ta’minlashning garovi hisoblanadi.

Sh.D.Shodmonova

So‘x tumani IIB XPMB xotin-qizlar masalalari

bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50