Obuna bo`ling!
USD10139.30
EUR11051.84
RUB141.35
Ozodbek Nazarbekov Namangan viloyatidagi vakilini o‘zgartirdi
Feb 20, 2020
181

Abdulboqi Vahobjonovich Mamatov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning buyrug‘i bilan Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U mazkur lavozimda 2019 yil may oyidan buyon ishlab kelgan Samida Valiyevna Nurmatovaning o‘rnini egalladi.

Bu haqda namangan24.uz xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Abdulboqi Mamatov 1986 yil 3 avgust kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2010 yili Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutini xalq ijodiyoti yo‘nalishida tamomlagan. O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining a’zosi. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.

U mehnat faoliyati davomida Namangan yoshlar markazi badiiy rahbari, Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar viloyat ilmiy uslubiyat markazi uslubchisi vazifalarida ishlagan. 2011-2017 yillarda esa Namangan viloyati madaniyat va sport boshqarmasining madaniy-ma’rifiy muassasalar, kutubxonalar va muzeylar xalq ijodiyoti va havaskorlik san’atini rivojlantirish bosh mutaxassisi lavozimida mehnat qilgan.

Abdulboqi Mamatov 2017 yil may oyidan buyon hozirga qadar Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50