Obuna bo`ling!
USD10588.01
EUR12881.37
RUB146.62
Yozgi dam olish oromgohlarida xavfsizlikni taʼminlaylik!
May 31, 2021
66

Viloyatimizdagi barcha maktablarda o‘quv yili yakunlanib, bolajonlar yozgi taʼtilga chiqib sog‘lomlashtirish maskanlariga, dam olish oromgohlariga yo‘l olmoqdalar. Ularning ko‘ngilli hordiq chiqarishlari uchun barcha dam olish maskanlari har tomonlama talab darajasida taʼminlanishi va xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.

Dam olish joylarida xotirjamlikka erishish uchun birinchi galda yong‘in xavfsizligi talablari taʼminlangan bo‘lishi maqsadga muvofiq. FVB xizmati quyidagi yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini eslatib o‘tadi.

-        Maskan birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan to‘liq taʼminlanishi.

-        Ko‘rinadigan joyga yong‘in xavfsizligi burchagi tashkil etilishi.

-        Yotoqxonalar, zallar, kutubxona, foye, vestibyulь, yo‘lak, zinapoya, oshxonalar markazlashtirilgan holda yong‘inni zudlik bilan sezuvchi va xabar beruvchi moslamalar bilan taʼminlanishi;

-        Yong‘in haqida xabar berish maqsadida radioeshittirish tarmog‘idan foydalanish uchun kecha-kunduz ishlaydigan radiokarnaylar o‘rnatilishi;

-        Yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi bilan bog‘lanish uchun telefon aloqasini o‘rnatish, barcha tarbiyachi, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga yong‘in xavfsizligini taʼminlash qoidalarini o‘rgatish;

-        Oromgohning har bir xodimiga aniq vazifa belgilangan holda favqulodda holat yuz berganda evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqish;

-        Barcha binolarda yong‘in o‘chirish vositalari bo‘lishi;

-        Oromgoh xizmatchilarining tungi navbatchiligini tashkil etish, ularni qo‘l elektr chiroqlari bilan taʼminlash;

-        Tez yonuvchan axlat va chiqindilar har kuni yig‘ishtirib olinishi, alohida ajratilgan joylarga yig‘ilib, muntazam ravishda olib chiqilishi;

-        Аnʼanaviy gulxan yoqish tadbirlarini mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda o‘tkazish, gulxan yokiladigan maydonlarning binolardan kamida 100 metr narida bo‘lishini taʼminlash kerak.

Yuqoridagi qoidalarga amal qilinishiga dam olish oromgohlarining ishchi-xizmatchilari javobgardirlar. Shuningdek, bu borada oromgohlarda dam olayotgan o‘quvchilardan tashkil topgan yong‘inga qarshi ko‘ngilli kurashuvchilar ham yordam berishlari mumkin.

        

R.Madaminov,

«Fargonaazot» AJ OBYoXTTEB inspektori, leytenant.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50