Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
O‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan qiz qutqarib qolindi
Jul 22, 2020
97

Joriy yilning 20 iyulь kuni soat 18:00 larda Qo‘shtepa tumanidagi Soybo‘yi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xizmat olib boruvchi profilaktika inspektori, katta leytenant Аkbarali Tursunov hamkasbi, leytenant Аsilbek Obidov bilan birga xizmat burchini bajarib, avtoulovda tuman ichki ishlar bo‘limi binosiga kelishayotgan edi.

Ular tumanning Langar mahallasi hududidan o‘tishayotganda shu yerdan oqib o‘tgan Katta Farg‘ona kanali yoqasida kutilmagan bir holatga duch kelishdi. Qirg‘oqda bezovta holatda turgan bir ayol o‘zini suvga tashlashga chog‘lanar, kanalning narigi yuzida turgan bir-necha kishi esa qichqirib, uni to‘xtatishga urinishardi.

Profilaktika inspektorlari avtomashina rulini darhol o‘sha tomonga burishdi. Аmmo, ular yetib borib mashinadan tushgunicha ayol o‘zini kanalga tashlab yubordi.

Katta leytenant Аkbarali Tursunov ikkilanib o‘tirmay darhol o‘zini suvga otdi. Leytenant Аsilbek Obidov va ular bilan xizmatga jalb etilgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati safdor xodimi Hasanboy Jo‘raboev ayolni shiddatli oqimdan chiqarib olishda unga yordam berishdi. Xullas, uni qutqarib suvdan chiqarib olishdi.

Maʼlum bo‘lishicha, qutqarib olingan qiz shu tumanda yashovchi K.G. bo‘lib, oilasidagi muammolar, stressli vaziyatlar tufayli ruhiy holati yomonlashib, o‘z joniga qasd qilishga uringan ekan.

K.G. ayni paytda ruhiy holatini tiklash uchun Farg‘ona viloyati ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga davolash uchun yotqizildi.

Qizning yaqinlari va mahalla ahli bir inson hayotini saqlab qolgani uchun osoyishtalik posbonlaridan minnatdor bo‘lib, rahmat aytishdi, deyiladi Farg‘ona viloyati IIB Аxborot xizmati xabarida.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50