Obuna bo`ling!
USD10139.30
EUR11051.84
RUB141.35
Uzoq yillar xorijda muammosiz yashab, oʻz yurtimga qaytgach, vatanim poytaxtida laʼnati propiska tufayli tahqirlanganman
Apr 28, 2020
88

Yana propiska haqida: “Tabib tabib emas, boshidan oʻtkazgan tabib”

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi yigʻilishida muhokamaga qoʻyilgan qonun loyihalaridan biri bu “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar ‒ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasidir.

“Tabib tabib emas, boshidan oʻtkazgan tabib” deganlaridek, propiska tizimining adolatsiz zulmini men ham bir paytlar oʻz boshimdan oʻtkazganman. Uzoq yillar xorijda muammosiz yashab, oʻz yurtimga qaytgach, vatanim poytaxtida laʼnati propiska tufayli tahqirlanganim bir umrga xotiramda muhrlanib qolgan. Oʻshanda propiska degan balodan ham, propiskang qani deb yurtdoshlarimning huquqlarini poymol qilayotgan bir guruh “formaliklardan” ham, shu tizimni ishlashiga sharoit yaratib bergan tegishli mansabdor shaxslardan ham qattiq nafratlangandim.

Allohga ming shukrki, muhtaram prezidentimizning siyosiy irodalari va chinakam xalqparvarliklari tufayli endi u kunlar ortda qoldi. Maʼlumki, yaqinda Prezidentimiz tomonidan imzolangan tarixiy farmon bilan “propiska” tizimida uzoq kutilgan islohotlarga eshik ochildi. Uzoq yillar fuqarolarimizning konstitutsion huquqlarini poymol etib kelgan, eng aqlli va isteʼdodli yoshlarimizni mamlakatni tark etishlariga (“brain drain”) sabab boʻlgan hamda Toshkentga mehnat qilish yoki boshqa sabablar bilan yashash uchun kelgan yuz minglab yurtdoshlarimiz oyogʻiga kishan boʻlib, ular umrini “pasport stolda” sarson qilgan propiska tizimidan endi voz kechiladi.

Oʻtgan yili saylovlar doirasida propiska tizimiga qarshi ekanligim va uni butkul bekor qilishning afzalliklari borasida oʻz fikrlarimni bildirgan edim. Quyida shu fikrlarimni yana bir bor siz bilan oʻrtoqlashishni istadim.

Doniyor Gʻaniyev,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50