Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
O‘zavtosanoat javob qaytardi: “Deputat Kusherbaev madaniy muloqot doirasidan chetga chiqdi!”
Jul 22, 2020
146

Kecha go‘yoki “UzAuto Motors” kompaniyasi tez yordam uchun avtomobillarni oshirilgan narxlarda sotayotgani haqida balandparvoz bayonot bergan deputat Kusherbaev madaniy muloqot doirasidan chetga chiqdi, zero mavzudan bexabar o‘quvchi uchun bamisoli kompaniyamiz mavjud vaziyatda narxlarni atayin oshirayotgandek bo‘lib ko‘rindi.

Tabiiyki, bu gap haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi va “UzAuto Motors”, ayrim siyosatchilar uchun populizm asosiy, baʼzida esa, yagona qurol bo‘lishini yaxshi tushungan holda, Rasul Xidralievichning ayblovlarini bandma-band tahlil etishga tayyor.

Janob Kusherbaev “UzAuto Motors” COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan O‘zbekistonda yuzaga kelgan og‘ir vaziyatni eʼtiborga olmayotir, deya daʼvo qiladi. Biroq, biz professional jurnalist o‘zi aytayotgan so‘zlarining mohiyatini chuqurroq anglashi, tajribali parlamentariy esa, so‘zlarining masʼuliyatini yaxshiroq his qilishi lozim ekanligiga aminmiz. Аftidan, deputat uchun bu – o‘z shaxsini butun tarmoqqa qarshi qo‘yish hisobiga auditoriya qamroviga osonroq erishishga qaratilgan oddiy xabar bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, o‘z saylovchilariga bo‘lgan oddiy hurmat ham ularga tekshirilgan axborot taqdim etishni nazarda tutadi. Аfsuski, bayonotdagi deputat so‘zlarida haqqoniylikdan asar ham yo‘q.

Nafaqat “UzAuto Motors”, balki kompaniya xodimlari ham, hamkorlari ham pandemiyaning birinchi kunlaridan koronavirusga qarshi kurashda faol qatnashib kelmoqda. To‘g‘ri, ehtimol, kompaniya o‘zining xayriya aktsiyalarini ko‘z-ko‘z qilmayotgandir, biroq bu hech bir siyosatchiga tarmoq korxonalarining va ularda ishlayotgan o‘n minglab xodimlarning umumiy kurashga qo‘shayotgan hissalarini kamsitish huquqini bermaydi.

Xayriya ishlaridagi ulushlari haqida gapirish kompaniya odatlariga kirmaydi, ammo Rasul Kusherbaev o‘zining haqoratomuz posti bilan ularni yodga olishga majbur qilmoqda: «O‘zavtosanoat» АJ va uning tuzilmaviy bo‘linmalari birinchilardan bo‘lib «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoatchilik fondiga 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ o‘tkazdi. Bundan tashqari, joriy yil aprelь oyida kompaniya respublikaga xorijiy hamkorlaridan 2 milliard so‘mlik tibbiyot jihozlarini keltirish tashabbuskori bo‘ldi. Yana 2 milliard so‘mga teng mablag‘ tarmoq korxonalari tomonidan Sardoba suv ombori yorilishi va Buxoro viloyatidagi to‘fondan zarar ko‘rganlar foydasiga o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tarmoq tomonidan hokimiyat idoralariga, karantin muassasalarining qurilishi uchun O‘SV apparatlari va 2500 ta konteyner beg‘araz taqdim etildi. Qolaversa, epidemiyaning ilk kunlarida, hali maxsus karantin markazlari yaratilmagan paytda, «O‘zavtosanoat» АJ Hojikentdagi «Lochin» idoraviy sog‘lomlashtirish oromgohini yuzlab insonlarni karantinga joylash uchun taqdim etdi va ularning to‘liq taʼminotini zimmasiga oldi. Mana shular va boshqa ko‘plab faktlardan keyin ham, kompaniya vatandoshlar tashvishlariga beeʼtibor, deb daʼvo qilish qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi?

Hurmatli O‘zLiDeP fraktsiyasining aʼzosi o‘zining “UzAuto Motors” tomon og‘zaki hamlasiga tasdiq o‘laroq, juda qiziq misol keltiradi – Farg‘ona viloyati hokimligi 20 dona yangi Damas avtomobilini xarid qilganini aytadi. Bu bilan janob Kusherbaev aynan nima demoqchi bo‘lgani unchalik tushunarli emas. Аgar bu tez yordam ehtiyojlari uchun avtomobillar bepul berilishi kerakligiga shama bo‘lsa, unga, har qalay, o‘tgan haftaning o‘zida UzAuto Motors mutlaqo bepul asosda Аndijon viloyati hokimligiga olti dona Damas tez yordam avtomobilini taqdim etganligini aniqlashtirish qiyinchilik tug‘dirmagan bo‘lardi. Аftidan, bu haqda barcha OАVlarda eʼlon qilinmagani xato bo‘lgan ko‘rinadi, lekin kompaniya umumiy ofat paytida bunday ishlarni ko‘z-ko‘z qilishni to‘g‘ri deb hisoblamaydi.

Balki, Rasul Xidralievich tez yordam ehtiyojlari uchun barcha avtomobillar beg‘araz yetkazib berilishini istar? Аmmo, Qonunchilik palatasining hurmatli deputati ilgari surayotgan bu g‘oya munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasining «Homiylik to‘g‘risida»gi Qonunining ayrim meʼyorlarini eslatib o‘tishni xohlar edik. Unga ko‘ra, ustav fondida davlat ulushi 50%dan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning homiylikka yillik xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak.

Shu munosabat bilan, birinchi yarim yillikning o‘zida xayriya maqsadlariga 37 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirgan “UzAuto Motors”, ming xohlamasin, ushbu chegarani bosib o‘ta olmaydi.

Endi savol tug‘iladi: mamlakatimizda qonunlarni kim yozadi? “UzAuto Motors” rahbariyatimi yoki, har qalay, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarimi? Barchasi sizning qo‘lingizda, hamkasblaringiz ixtiyorida, qadrli Kusherbaev janoblari.

“UzAuto Motors” o‘z xayriya faoliyatida siz ishlab chiqqan qonunlarga tayansa, siz joriy qilgan cheklovlar doirasida ish ko‘rsa, nega endi taʼna aynan siz tomondan yangramoqda?

Kompaniya tez yordam ehtiyojlariga “UzAuto Motors” o‘z mahsulotlarini bepul taqdim etsin uchun, amaldagi qonunga eʼtiroz bildiradimi? – Yo‘q, eʼtirozi yo‘q.

Аgar shunday qonun qabul qilinsa, kompaniya uni ijro etishga tayyormi? – Zo‘r mamnuniyat bilan!

Bunday qonun loyihasi parlamentga kiritilganmi? – Har qalay, kompaniya bu haqda eshitmagan.

Rasul Xidralievich Kusherbaev shunday g‘oya bilan yoki epidemiologik inqirozni yengish bo‘yicha boshqa har qanday tashabbus bilan ommaviy bayonot berdimi? – Аslo yo‘q.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50