• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

  • 08.10.2019 / 03:19
  • 4936
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avval Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarining ijrosi ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar investitsiya o‘zlashtirilishi boshlangan loyihalar ijrosining borishi bo‘yicha hisobot berdi. Shuningdek, yig‘ilishda joriy yil yanvar-sentyabr oylarida eksport va investitsiya prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi holati hamda yil yakuni bo‘yicha ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan choralar ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ham muhokama qilindi. Dasturga muvofiq, Qo‘qon shahrida umumiy qiymati 420 million dollarlik 250 ta, Marg‘ilon shahrida 192 million dollarlik 172 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. 

Ajratilayotgan investitsiyalar ushbu shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash va yangi turar joylar qurishga yo‘naltiriladi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar