• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10810.00

Sotish

10870.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Farg‘onaning yana bir tumani paxta rejasini bajardi
Iqtisodiyot

Farg‘onaning yana bir tumani paxta rejasini bajardi

  • 08.10.2019 / 05:47
  • 904
  • 0
111

“Expo kollor prin teks” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Toshloq tumanida paxtachilik-to‘qimachilik klasteri tashkil etilib, 5 ming 120 gektar maydonda g‘o‘zaning yuqori sifatli tola beradigan, erta va o‘rtapishar “S-8290”, “Namangan-77”, “Sulton” kabi hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos navlari parvarishlandi.

Paxtachilikka ixtisoslashgan 135 ta fermer xo‘jaligi bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzilib, barcha agrotexnik tadbirlar sifatli olib borildi. Bu esa o‘zining amaliy samarasini ko‘rsatdi. Mo‘l hosil yetishtirilib, belgilangan reja ortig‘i bilan uddalandi. “Zarkent Oydin saxovati”, “O‘lmas Tohir”, “Komiljon ota ziyo”, “Yangi davr shijoati”, “Mohinur Mumtoz” kabi peshqadam fermer xo‘jaliklarida hosildorlik 40-45 sentnerni tashkil etdi.

– Qishloq xo‘jaligida islohotlar natijasida dehqonchilik madaniyati oshib bormoqda, – deydi “Yusufbek ziyo” fermer xo‘jaligi rahbari Xurshid O‘saraliev. – Аyniqsa, klaster usuli biz fermerlarga juda maʼqul bo‘ldi. Paxta parvarishi uchun nimaiki zarur bo‘lsa, hammasini vaqtida oldik. Joriy yilda 35 gektar maydondan hozirgacha jami 135 tonnadan ko‘proq hosil oldik. O‘rtacha hosildorlik 42 sentnerga yetdi. Barakali xirmon – katta daromad, degani. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yil yakunida jami 150 million so‘mdan ziyod sof foyda olamiz.

M.Sulaymonov

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Voqealar