• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Elektr, gaz, suv... 1 noyabrdan boshlab yangi tartib kuchga kiradi
Iqtisodiyot

Elektr, gaz, suv... 1 noyabrdan boshlab yangi tartib kuchga kiradi

  • 10.10.2019 / 02:51
  • 2926
  • 0
111

 Tadbirda Davlat xizmatlari agentligi, Savdo sanoat palatasi hamda Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmalari xodimlari, Farg‘ona va Qo‘qon shahar Sifat va sinov sertifikatlashtirish markazlari, elektr, gaz va suv (kommunal) tashkilotlarning tuman va shahar bo‘linmalari hamda davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik  va issiq suvni  hisobga olish uskunalarini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq, 2019 yilning 1 noyabridan boshlab yangi tartib kuchga kirdi.

– Avvalgi tartib bo‘yicha iste’molchi hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazishi zarur bo‘lsa, kommunal sohadagi korxornalarga bevosita murojaat qilishi kerak bo‘lar edi, - deydi Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi  bo‘lim boshlig‘i Farhodjon Nugmanov. – Endilikda, joriy yil  birinchi noyabridan  iste’molchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri  davlat xizmatlari agentligiga so‘rovnoma tarzida murojaat qilishi  yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  orqali elektron tarzda so‘rovnoma yuborishi mumkin. Qolgan barcha jarayonlar o‘z mablag‘lari hisobidan ta’minotchi korxonalar va ularning mutaxassislari  tomonidan bajariladi, ya’ni bu  hisoblagichni yechib olish, qiyoslovdan o‘tkazish,  agar ta’mirtalab bo‘lsa ta’mirlash va olib borib o‘rnatib berish jarayonlaridan iborat.   

Hisoblagich uskunasini yechib olish 5 ish kuni, o‘rnatish esa 3 ish kuni  muddatida bajariladi.  Ariza topshiruvchi jami 14 ish kunida o‘z murojaatiga javob oladi. Xo‘sh, mazkur xizmatlarni ko‘rsatganligi uchun  iste’molchi qanday to‘lovlarni amalga oshiradi?!

Masalan, elektr energiyasi hisoblagichini yechib olish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatib berish  reglamenti bo‘yicha jismoniy shaxslar barchasini bepul amalga oshiradi.  Yuridik shaxslar esa bazaviy to‘lovning 1,5 barobari miqdorida to‘lov qiladilar. Qolgan barcha jarayonlar ta’minotchi korxonalar tomonidan bajariladi.  Gaz, ichimlik va issiq suv bo‘yicha iste’molchi davlat xizmatlari markaziga murojaat qilganda  esa, eng kam ish haqining 20 foizi, ya’ni bugungi kundagi hisob bo‘yicha 44 ming 600 so‘m davlat xizmatlariga to‘lovni amalga oshiradi.

Hisobga olish uskunasini yechib olish, qiyoslovdan o‘tkazish  va o‘rnatish bo‘yicha bir vaqtda murojaat qilinganda yig‘im  summasi faqatgina bir marta undiriladi. Shuningdek, hisoblagich uskunalarini yechish va o‘rnatib berish uchun hech qanday yig‘im undirilmaydi. Qayd etilganidek, hisoblagichlarni qiyoslash davriyligi jismoniy shaxslar uchun 8 yilni, yuridik shaxslar uchun  4 yilni tashkil etadi.

Seminarda ishtirokchilar hayotiy  misollardan kelib chiqqan holda  qaror mazmuni yuzasidan o‘z mulohazalari va takliflarini  bildirdilar. 

 

Davlat xizmatlari agentligi

 Farg‘ona viloyati boshqarmasi

matbuot xizmati 

 

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar