• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Shuhrat G‘aniyev "MALIBU"ni kimga sovg‘a qildi? (video)
Iqtisodiyot

Shuhrat G‘aniyev "MALIBU"ni kimga sovg‘a qildi? (video)

  • 10.10.2019 / 08:47
  • 2850
  • 0
111

Paxta tayyorlash yillik rejasini mamlakatda birinchilardan bajargan Qo‘shtepa tumani dehqonlarining bu zafarlarida «FERGANA GLOBAL TEXTILE» MCHJ va uning rahbari Mo‘minjon Razzoqovning hissasi katta. Klaster usulida paxta yetishtirgan qo‘shtepalik dehqonlarni «FERGANA GLOBAL TEXTILE» MCHJ erta bahordan zarur texnik vositalar, yetarli miqdorda kimyoviy va mineral o‘g‘it, biologik ishlov berish vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlab turdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, agar ilgari fermer xo‘jaliklari ish yuritishda bank kreditiga bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, endi bu vazifani klaster tashkilotchisi o‘z zimmasiga oldi. Ayniqsa, yetishtirgan paxtani yig‘ib-terib olish chog‘ida katta tashkilotchilik ko‘rsatdi. Kunlik ish haqi to‘lash tizimi tashkil etildi. Natijada garchi Qo‘shtepa tumani bugungacha rejani 110 foizga bajargan bo‘lsa-da, dalalarda hali hosil mo‘l.

– Viloyat hokimiga katta rahmat, – deydi tadbirkor M.Razzoqov. – Qilgan mehnatlarimizni qadrlab, avtomashina sovg‘a qildilar. Bundan keyin ham g‘ayrat bilan ishlab, bu ishonchni oqlaymiz.

Aytish joizki, tadbirkor tomonidan yana bir xayrli ishga qo‘l urildi: cho‘l hududida 11 gektarlik maydonda paxtani qayta ishlash zavodi qurilishiga bel bog‘ladi.

Umuman, viloyatda paxta yetishtirishda klaster usulidan foydalanish o‘z natijalarini bermoqda.

Usmonjon Qodirov, bloger.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar