• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Madaniyat Shavkat Mirziyoyev xonanda Ozoda Nursaidovani kechirdi
Madaniyat

Shavkat Mirziyoyev xonanda Ozoda Nursaidovani kechirdi

  • 14.10.2019 / 03:10
  • 3149
  • 0
111

Xonanda Ozoda Saidzoda (Nursaidova) shu yilning 10-oktabr kuni “O‘zbekkonsert”ga ruxsat beruvchi litsenziya so‘rab murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan 13-oktabr, yakshanba kuni “O‘zbekkonsert”da san’atkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilgan.

“O‘zbekkonsert” tarqatgan press-relizga ko‘ra, davra suhbatida xonandaning bundan bir necha yillar oldin siyosiy xatoga yo‘l qo‘ygani, bilib-bilmay, asoslanmagan ma’lumotlarga ishonib, inson shaxsiyatiga teguvchi noo‘rin fikrlar bildirgani, bundan tashqari, muxlislarga nisbatan hurmatsizlik qilgani, san’atkor odobi doirasidan chetga chiquvchi harakatlar sodir etgani ustozlar tomonidan qattiq tanqid qilingan.

Xonanda Ozoda Saidzodaning o‘zi ham so‘zga chiqib, xatolarini tan olib, jamoatchilik orasida o‘zining noo‘rin fikrlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali bayon etganidan astoydil pushaymon ekanligini bildirgan, prezident, xalq hamda barcha san’atkorlardan uzr so‘ragan.

Ustoz san’atkorlarning fikrlari tinglanganidan so‘ng, “O‘zbekkonsert” direktori Odiljon Abduqahhorov Prezident Shavkat Mirziyoyevning san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi, mehribonligi va kechirimliligi bois xonanda Ozoda Saidzoda kechirilgani hamda unga erkin ijod qilish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan.

Qator yillar “taqiq”da bo‘lgan san’atkorlardan Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova, Sevara Nazarxon va boshqalar Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan so‘ng yana teleekranlar va katta sahnalarga qaytishgan edi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar