• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Turizm Shuhrat G‘aniyev: Shohimardon yanada obod va turizm maskani bo‘ladi
Turizm

Shuhrat G‘aniyev: Shohimardon yanada obod va turizm maskani bo‘ladi

  • 22.10.2019 / 04:21
  • 982
  • 0
111

Ommaviy sayyor qabul o‘tkazilib, unda sektorlar, viloyat tashkilotlari rahbarlari hudud aholisining murojaatini o‘rgandi, aholini qiynayotgan muammolar xususida suhbatlashdi. Qabul davomida yuzdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etib, ular tomonidan 24 ta turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

“Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Gavhar Jo‘rayevaning murojaati ham ijobiy hal etilib, tadbirkorlik faoliyati olib borish uchun yer maydoni beriladigan bo‘ldi. Shuningdek, Izrobi Qayumovani maktabgacha ta’lim muassasasini ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish haqidagi murojaati bo‘yicha mahalliy byudjetdan yuz million so‘m mablag‘ ajratildi. Hikmatxon Boltayeva Yordon mahallasidagi qishloq oilaviy poliklinikasini tiklash, Mahbuba Madaliyeva madaniyat uyi tashkil etish, Oybek Soliyev qishloqqa bankomat o‘rnatish, Shukurullo Sotvoldiyev avtobus qatnovi va uy mehmonxonasi ochish uchun kredit ajratish to‘g‘risida murojaat qilishdi. Bu va boshqa murojaatlarni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul boshqarma va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. 

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 3 oktyabrda qabul qilingan “Farg‘ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyat hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Shohimardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi. Direksiyaning asosiy vazifalaridan biri Farg‘ona tumani “Shohimardon” va “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inlarida turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash, ekoturizm salohiyatini inobatga olgan holda yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iboratdir.

Qabul davomida qishloqda turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, obodonlashtirish, aholining turmush tarzini yanada yaxshilash masalalari xususida ham so‘z yuritildi. Qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, transport, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, madaniyat sohasidagi masalalar, shuningdek, yoshlarning har tomonlama yetuk etib tarbiyalash borasidagi amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar muhokama etilib, muammolarning yechimi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar