• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Ona tili – millatning ruhidir
Siyosat

Ona tili – millatning ruhidir

  • 22.10.2019 / 12:08
  • 1719
  • 0
111

Barchamizga yaxshi ma’lumki, 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 4-moddasida ham “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb yozib qo’yilgan. Demak, bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan bayram qilishga haqlimiz.

Inson tug’ilib o’sgan joyi ona tuproq muqaddas Vatandir. Biz dunyoga keliboq onajonimizni, ona Vatanimizni ko’ramiz, endigina tilimiz chiqqan damlarda aytilayotgan so’zimiz bu ona so’zidir. Biz eng aziz, eng mo’tabar inson nomini o’z tilimizda onadek muqaddas ataymiz. Ona bizga jon baxsh ato etgan bo’lsa, til bizga aql-zakovat ato etadi. SHuning uchun ham o’zbek tili buyuk va muqaddasdir.

O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. Ona tili – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg’ular manbayi. U inson kamolotida betakror o’rin tutadi. CHunki onalarimiz bizga shu tilda alla aytadi, inson uchun hayotiy zarurat bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiradi, odob axloqimiz, fe’l-atvorimiz til orqali berilgan o’git va nasihatlar asosida shakllanadi. Inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bog’liq.

Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun xalqning ozodlikka, o’zligini anglab yetishga intilishida  tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish munim o’rin tutadi. O’zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir.

SHuni ta’kidlash kerakki, o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo’lidagi muhim qadamlaridan biri bo’lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo’lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o’zgarishlar yuz berdi. O’zbek tilining xalqaro miqyosda obro’si oshdi.  “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go’zalligi va jozibasini to’la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid entsiklopediya va lug’atlar, darslik va o’quv qo’llanmalari chop etildi.

SHu munosabat bilan Dang’ara tumani 23-maktabida o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan barcha sinflarda ochiq darslar, tadbirlar o’tkazildi. Ushbu maktabda o’tkazilgan "Til manaviyat ko’zgusi" nomli tadbir yuqori saviyada tashkillanib, bu tadbir o’quvchilarda ona tiliga bo’lgan muhabbatini yanada oshirishga xizmat qildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar