• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq DXX Chegara qo‘shinlarining Telegramdagi rasmiy kanali ish boshladi
Huquq

DXX Chegara qo‘shinlarining Telegramdagi rasmiy kanali ish boshladi

  • 25.10.2019 / 03:15
  • 2556
  • 0
111

Аxborot tarqatish imkoniyati, tezligi, obunachilari soni jihatidan messenjer kanallari respublikamizdagi aksariyat jurnal va gazetalarga nisbatan solishtirib bo‘lmaydigan darajada ustunlikka ega.

Messenjer kanali orqali maʼlumotlar 24 soat davomida kelib tushadi. Mobilь vositalar doimo yonimizda bo‘lganligi sababli maʼlumot bilan tanishishning qulayligi o‘ziga xosligini belgilaydi.

DXX Chegara qo‘shinlarida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay sharoitlarni yaratib berishga bag‘ishlangan yangiliklarni zamon talabidan kelib chiqib o‘z vaqtida yetkazish maqsadida Telegram messenjerida DXX Chegara qo‘shinlarining Sarhad.uz nomli rasmiy kanali ish boshladi.

Ushbu kanalda DXX Chegara qo‘shinlarining Davlat chegaralarini qo‘riqlash va xalq tinchligini taʼminlashdagi xizmat faoliyati, harbiy xizmatchilarning ijod namunalari, xizmat faoliyati bilan bog‘liq tadbirlar, audio va video materiallar berib boriladi, deyiladi O‘zA xabarida.

Kanal manzili: @sarhad_uz

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar