• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Qiziqarli Avstraliyalik ayol 18 kilogramm og‘irlikdagi chaqaloqni dunyoga keltirdi
Qiziqarli

Avstraliyalik ayol 18 kilogramm og‘irlikdagi chaqaloqni dunyoga keltirdi

  • 30.10.2019 / 07:50
  • 3340
  • 0
111

Avstraliyadagi shifoxonalardan biriga 272 kg og‘irlikdagi homilador ayol muddatidan avval ko‘z yorish tashxisi bilan olib kelindi. Ma’lum bo‘lishicha, u kesarcha kesish yo‘li bilan homilani olmasliklari uchun shifokorlarga avvalroq murojaat qilmagan.

Tez yordam mashinasida olib kelingach, dastlab tug‘ruqxonada uning egizaklarga ona bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingandi. Biroq u bitta pahlavon o‘g‘ilni dunyoga keltirgan. Chaqaloqni taroziga qo‘ygan shifokorlar hayratdan yoqa ushlashdi – uning og‘irligi 18,1 kg ni tashkil qildi!

Hozir ona-bolaning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.  

Ma’lumot uchun, oldin bu boradagi rekord natija 1839 yilda Janubiy Afrikada qayd etilgan: chaqaloqning og‘irligi 17,2 kg bo‘lgandi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar