• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Maktabgacha ta’lim: bolalar bog‘chasida yig‘ilgan hosil
Fan va ta'lim

Maktabgacha ta’lim: bolalar bog‘chasida yig‘ilgan hosil

  • 31.10.2019 / 03:06
  • 4786
  • 0
111

Hosil bayrami saxovatli zaminimizda yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olish  pallasi yakunlanganining ramziy ifodasidir.

          Marg‘ilon shahar 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasining «Oltin baliqcha» guruhida ham “Hosil bayrami” munosib ravishda nishonlandi. Bayramda quyoshli o‘lkamizning boy va tabiiy ne’matlari tarannum etildi. Muassasa tarbiyalanuvchilari shu kuni qovoqcha, olma, nok, sabzi kabi sarxil meva-sabzavotlar timsolida jam bo‘lib, ramziy hosil yig‘ilganini ifoda etdilar. Turli-tuman pishiriqlar taqdim etilgani tadbir taassurotlarini yanada boyitdi.

           «Oltin baliqcha» guruhi o‘zining qiziqarli chiqishlari, meva va sabzavotlar haqidagi she’r, qo‘shiqlari hamda raqslari bilan tadbirda mehmon bo‘lgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning kayfiyatlarini ko‘tardilar.

Tadbir so‘ngida Marg‘ilon shahar 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi D.Mamatova so‘zga chiqib, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni “Hosil bayrami” bilan qutladi,  tadbir muallifi va ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.

Madaminjon SOLIJONOV

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar