• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jahon Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi «Ishkobod» chegara postiga hujum qilganlar ISHID jangarilari ekani aytilmoqda
Jahon

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi «Ishkobod» chegara postiga hujum qilganlar ISHID jangarilari ekani aytilmoqda

  • 06.11.2019 / 10:00
  • 1298
  • 0
111

Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston chegarasi yaqinidagi «Ishkobod» chegara postiga hujum qilganlar ISHID jangarilari ekanini ma’lum qildi.

Maxsus operatsiya davomida hujum qilgan shaxslarning 15 tasi yo‘q qilindi. Qolgan 5 tasi qo‘lga olindi. Chegara qo‘shinlarining bir nafar askari va bir nafar Tojikiston IIV xodimi ham halok bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, jangarilar mamlakatga Afg‘oniston orqali kirishgan.

Qo‘lga olinganlar so‘roq qilinganida ular Tojikistonga terroristik harakatlarni amalga oshirish va mavjud vaziyatni izdan chiqarish maqsadida kelganini tan olishgan.

Bi-bi-si xizmatiga tojikistonlik jurnalistning o‘z manbasiga tayanib aytishicha, hujumchilarning hammasi qurbon bo‘lmagan, ayrimlari qochishga ulgurgan.

Hujum davomida chegara postidan o‘qotar qurollar bu guruh a’zolari qo‘liga o‘tgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar