Anjuman davomida turnirning faxriy mehmonlari Abdumanap va Habib Nurmagomedovlar, taniqli MMA ustalari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Suhbat davomida Habib Nurmagomedov shahrimizda qad rostlagan “Humo” arena haqida iliq fikrlar bildirib, imkoni bo‘lganida u yerda bajonidil jang qilishga rozi ekanini bildirib o‘tdi. Shuningdek, anjumanda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

E’tiboringizga bugun oktogonga chiqadigan jangchilar haqida ma’lumot beramiz:

  • Avliyoxon Hamidov (O‘zbekiston) – Luis Filo (Braziliya)
  • Jahongir Jumayev (O‘zbekiston) – David Som (Fransiya)
  • Ahliddin Mirzadavlatov (O‘zbekiston) – Jafar Ismiyev (Ozarbayjon)
  • Makkasharip Zaynukov (Rossiya) – Klodoldo Lima (Braziliya)
  • Marat Magomedov (Rossiya) – Italo Gomes (Braziliya)
  • Saygid Izagahmayev (Rossiya) – Kristian Brinzan (Italiya)
  • Nursulton Ro‘ziboyev (O‘zbekiston) – Artyom Shokalo (Ukraina)
  • Shamil Zavurov (Rossiya) – Ivitsa Truschek (Xorvatiya)
  • Jamshid Rahmonaliyev (O‘zbekiston) – Klayd Brunsvik (Surinam)
  • Amin Ergashev (O‘zbekiston) – Sergey Alekseyevich (Belarus)
  • Muzaffar Rajabov (O‘zbekiston) – Aloviddin ben Halima (Tunis)
  • Markaziy jang:
  • Umar Nurmagomedov (Rossiya) – Brayyan Gonsales (Argentina)