• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport Kechagi janglarda g‘alaba qozongan vodiylik MMAchilar
Sport

Kechagi janglarda g‘alaba qozongan vodiylik MMAchilar

  • 24.11.2019 / 07:45
  • 1131
  • 0
111

2019 yil 23 noyabr kuni Toshkent shahrida Xumo arenasida aralash janglar bo‘yicha xalkaro turnir o‘tkazildi. Ushbu turnirda O‘zbekistondan jami 5 nafar sportchi qatnashgan bo‘lsa, shundan 3 nafari Andijonlik sportchilar. 

90 kilogramgacha bo‘lgan vazn toifasida Nursulton Ro‘ziboev Ukrainalik tajribali jangchi Artem Shokaloga qarshi bahs olib bordi.

Jangda to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan hamyurtimiz uchinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

61.2 kilogram vazn toifasida Avliyoxon Hamidov Braziliyalik Luiz Filoga qarshi jang qildi.

Jang to‘liq uch raund davom etdi va hakamlarning qarori bilan hamyurtimiz navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

70.3 kilogarm vazn toifasida Axliddin Mirzadavlatov Ozarbayjon vakili Ja’far Ismievga qarshi jang qildi.

Uchrashuvning boshidan tashabbusni qo‘lga olgan Axliddin raqibini birinchi raundning to‘rtinchi daqiqasida bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar