
Erdenet shahrida istiqomat qiluvchi B.Lxamsuren ismli qiz nogironlar aravachasida bo‘lishiga qaramay, Mo‘g‘uliston go‘zali konkursida ("Miss Wheelchair Mongolia pageant") g‘olib deb topildi.
Tadbir 22 noyabr kuni Holiday Inn mehmonxonasida tashkillandi. Tanlovda 24 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 20 dan ortiq ayollar ishtirok etdi.
B.Lxamsurenning sevimli shiori – “Agar yurakdan chiqsa, hammasi yaxshi bo‘ladi”, deyiladi tanlov axborotida.
35 yoshli nogiron qiz endi Fransiyada o‘tadigan Miss Wheelchair World – Dunyo go‘zali tanlovida Mo‘g‘uliston sharafini himoya qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda Mo‘g‘ulistonda 108 mingdan ziyod imkoniyati cheklanganlar yashaydi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari