• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Voqealar Shifoxonada Jumanazar akaga tashxis qo'yishdi (foto)
Voqealar

Shifoxonada Jumanazar akaga tashxis qo'yishdi (foto)

  • 13.12.2019 / 09:18
  • 3330
  • 0
111

 

Ekspertlar komissiyasi xulosasiga ko'ra, Jumanazar Rahmonov yurish-turish, hayot tarzi, xatti-harakatlarida atrof-muhitdan qoniqmaslik, o'zining gallyutsinator-fantastik vasvasa g'oyalari ta'sirida fantastik kechinmalari, davriy oneyroid ong buzilishlari, o'ziing fikrlarida qat'iy turishi, ayni vaqtdagi gallyutsinator-fantastik kiritmalari, o'zga olam, o'zga sayyora haqidagi qat'iy fikrlari korreksiyaga tushmasligi, 1990 yilda ham yuqoridagi ruhiy buzilishlar kuzatilgani undagi «rekkurent shizofreniya, gallyutsinator-fantastik vasvasa sindromi» tashxisini tasdiqlaydi. Shuning uchun Jumanazar Rahmonov aqli noraso deb topiladi. Ruhiy holatiga ko'ra, Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida g'ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj, deyiladi ekspertlar xulosasida.

Oktyabr oyida o'zga olam vakillari bilan uchrashgan otaxon paydo bo'lgani haqidagi xabar o'zbek internetini «portlatgandi». Jumanazar aka noma'lum mavjudotlar bilan uchrashgani va ularning olamiga borib, tuzalmas dardlarga shifo topish yo'llarini o'rganib kelganini da'vo qilgandi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar