• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Tibbiyot Nos chekish saraton kasalligiga olib keladi(mi)?
Tibbiyot

Nos chekish saraton kasalligiga olib keladi(mi)?

  • 18.01.2020 / 04:04
  • 990
  • 0
111

Maqolada qayd etilganidek, onkologlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, til, lab va boshqa og‘iz bo‘shlig‘i organlari hamda halqumning rak bilan kasallanish hollarining 80 foizi (!) nos chekishning oqibati ekan.

Xo‘sh, nos nima sababdan saratonga olib keladi?

Nos tarkibini tashkil etgan mahsulotlar - tamaki, dog‘lanmagan yog‘, so‘ndirilmagan ohak — har biri alohida kantserogen (rak kasalini chaqiruvchi) moddalar hisoblanadi. Kishi kuniga o‘rtacha 7-10 marta nos cheksa, bu ko‘rsatkich bir kunda 30 gramm, bir oyda 1 kilogramm, 1 yilda 10-12 kilogramm va 30 yilda 300-350 kilogrammni tashkil qilar ekan. Nosni uzluksiz iste’mol qilish til ostida, tilda va og‘iz tubida shilliq qobiqlarida metaplaziyaga olib keladi. Bu jarayon til ostida oqimtir dog‘lar paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu tibbiyotda leykoplakiya, deb atalib, dori-darmonga deyarli ta’sirsiz bo‘lib, yillar mobaynida rivojlanib boradi va rak oldi kasalligi hisoblanadi. U operativ davoni talab etadi, vaqtida davolanmasa saratonga olib keladi.

Nosvoy tarkibida hayvonlarning go‘ngi mavjud bo‘lgani uchun uni iste’mol qilgan odam turli oshqozon infektsiyalarini va parazit hayvon kasalliklarini, shu jumladan virusli gepatit kasalligini yuqtirib olishi mumkin.

Bog‘bonlardan so‘rasangiz, o‘simliklarning tagiga o‘g‘it sifatida tovuq go‘ngi solinganda nima bo‘lishini aytib berishadi: tovuq go‘ngi juda kuchli bo‘ladi, u o‘simliklarni «kuydirib yuboradi». Shifokorlar bu fikrni tasdiqlaydilar. Noskashning organizmida ham xuddi shunday kimyoviy reaktsiya yuz beradi, nosning ta’siridan birinchi navbatda og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq pardasi va oshqozon-ichak yo‘llari jarohatlanadi. Uzoq vaqt nos chekish oshqozon yarasi hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Nosning tarkibidagi asosiy ta’sir qiluvchi modda tamaki bo‘lgani uchun noskashlarda nikotinga o‘rganib qolish vujudga keladi. Nos juda ko‘p chekiladigan qirg‘izistonlik mutaxassislarning aytishlaricha, tamakini bunday chekish sigaret chekishdan ham battar zararlidir, chunki inson nos chekkanda, ayniqsa, ohakning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga yanada ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi oqibatida juda katta dozada nikotin qabul qiladi. Nosvoy kuchli narkotik bog‘liqlikni keltirib chiqaradi.

Qozog‘istonlik narkologlar esa nosvoyning ba’zi portsiyalariga tamakidan tashqari boshqa narkotik moddalar ham qo‘shilishi mumkinligini aytadilar. Natijada noskashlarda nafaqat nikotinga, balki boshqa kimyoviy moddalarga ham kuchli bog‘liqlik shakllanishi mumkin.

Nosvoyni qo‘rqmasdan psixotrop moddalar qatoriga kiritish mumkin. Nos chekish o‘smirlarning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi – zehn susayadi, xotira yomonlashadi, bola betayin, tuturiqsiz bo‘lib o‘sadi. Noskashlar ko‘pincha xotiraning yomonlashuvi, parishonxotirlikdan shikoyat qiladilar. Surunkali nos chekish oqibatida o‘smirning shaxsiyati o‘zgarib, uning ruhiyatida buzilishlar sodir bo‘ladi.

Yosh bolalar nosvoy chekishga juda tez o‘rganib qoladilar. Noskashlik ular uchun odatiy hol bo‘lib qoladi. O‘smir tez orada yangi, kuchliroq taassurotlarni – kuchliroq mast qiladigan narsalarni istab qoladi. Nosvoyni ham saqich sotib olganday osonlik bilan sotib olib yurgan o‘smir tez orada narkotiklarga ham o‘tib ketmaydi, deb hech kim kafolat bera olmaydi.

Noskashlarning aksariyati tishlarining tez ishdan chiqishidan shikoyat qilishadi.

Nima qilish kerak?

Nosvoy rasman narkotik modda deb e’tirof etilmagan, shuning uchun unga qarshi kurashishda hozircha faqat uning nima ekanini tushuntirish bilangina cheklanib qolinmoqda.

Ota-onalar, pedagoglar, shifokorlar va umuman har bir befarq bo‘lmagan kishilar bu iflos modda insonning kalimai shahodatini, oyatu hadislarni aytadigan pokiza og‘ziga solinishi naqadar xunuk, yaramas ish ekanini tushuntirishlari, jamiyatimizda bunday yot illatlarning yo‘qolib ketishiga o‘z hissalarini qo‘shishsa, degan umiddamiz.

Endi o‘ylab ko‘ring, nos chekish sizga kerakmi? Bundan nima yutasiz-u nimalarni boy berasiz?..

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar