• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Tibbiyot KORONAVIRUS: Davlat chegaralarimiz yopiladimi? Sog‘liqni saqlash vaziri bayonot berdi
Tibbiyot

KORONAVIRUS: Davlat chegaralarimiz yopiladimi? Sog‘liqni saqlash vaziri bayonot berdi

  • 31.01.2020 / 04:23
  • 722
  • 0
111

Xo‘sh, O‘zbekiston bunday vaziyatda qanday yo‘l tutadi? Biz ham chegaralarni yopishimiz kerakmi?

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mazkur savolga javob berdi:

Ushbu koronavirusga qarshi kurash doirasida biz nafaqat Xitoydan keluvchilar, balki barcha yo‘nalishlardan davlatimiz hududiga kirib keluvchi yo‘lovchilarni qat’iy nazoratdan o‘tkazayapmiz. Chegara punktlari teplovizorlar bilan jihozlangan, virus tashishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar jiddiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Aynan virus tarqalgani qayd etilgan hududlardan tashrif buyuruvchilar va kasallikning har qanday belgisi kuzatilgan fuqarolar alohida nazoratga olinadi.

Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida hududga ko‘ra alohida o‘rinlarni shay holda tayyorlab qo‘yganmiz, zarur dori-darmon zaxiralari yaratilgan.

Endi chegarani yopish masalasiga kelsak, bu chorani qo‘llash vazirligimiz vakolatida emas. Ammo bu borada o‘z fikrimni aytadigan bo‘lsam, ayni paytda, ya’ni 30 yanvar holatida mamlakatimiz hududida bunday kasallikka chalinish holati birorta ham kuzatilmaganligiga qaramasdan ehtiyot choralarini ko‘rishimiz lozim. Shaxsan o‘zim yurtimiz fuqarolarining Xitoyga borishini cheklash bilan bir qatorda, xitoyliklar va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining ushbu mamlakatdan yurtimizga kirib kelishini vaqtinchalik cheklash tarafdoriman. Chunki ushbu virusning havo-tomchi yo‘li bilan o‘tishi, odamdan odamga yuqishi, bundan tashqari, kasallik belgilarining yashirin davri 14 kun davom etishi kasallik tarqalish xavfini keskin oshiradi.

Qolaversa, hatto tibbiyoti rivojlangan AQSH, qator Yevropa davlatlari, Osiyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida ham bu kasallik kuzatilayotganligi vaziyatning naqadar jiddiyligini ko‘rsatib turibdi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar