• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Turizm “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filiali: Qo‘qon-Andijon 7 ming, Qo‘qon-Marg‘ilon 5 ming so‘m
Turizm

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filiali: Qo‘qon-Andijon 7 ming, Qo‘qon-Marg‘ilon 5 ming so‘m

  • 03.03.2020 / 10:54
  • 2811
  • 0
111

Qo‘qon-Bag‘dod-Oltiariq-Marg‘ilon-Oxunboboev-Quva-Asaka-Andijon yo‘nalishlarida shaharlararo qatnovchi elektropoyezd fuqarolarning bir kunda ana shu yo‘nalish bo‘yicha kundalik yumushlarini bemalol bitirib, o‘z hududiga oson qaytib kela olishini ko‘zda tutgan.

Masalan, tonggi 6:22 da harakatni boshlovchi elektropoyezd Andijon shahriga 9:05 da etib boradi. Andijondan shu poyezd 10:10 da Qo‘qon shahriga qaytib, 12:57 da ko‘hna kentda bo‘ladi. 14:50 da esa poyezd yana shu yo‘nalish bo‘yicha orqaga qaytib, Andijonga 17:55 da kirib boradi. Bir kunlik so‘nggi reys 20:55 da Qo‘qon shahriga yo‘lovchi poyezdining kirib borishi bilan yakun topadi. E’tiborli jihati shundaki, shaharlararo elektropoyezdlarning yo‘lga qo‘yilishi 3 soatlik masofani 2,5 soatga qisqartiradi.

– Qo‘qon-Andijon yo‘nalishlari bo‘yicha bundan avvalgi yo‘nalishlarimizda poyezdlarimiz standartlarga javob bermas edi, – deydi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filiali rahbari Rahmatjon Zoxidov. – Yozda issiq, noqulay, qishda esa sovuq bo‘lardi. Bu esa aksariyat keksa yoshdagi va yosh bolali fuqarolarimizga qiyinchilik va noqulayliklar olib kelganini yashirmayman. Yangilangan variantdagi elektropoyezdlarimiz, avvalo, maxsus konditsioner, televizor va yumshoq o‘rindiqlar bilan jihozlandi. Ichki salon dizayni va ranglari hammabop qilib ta’mirlandi. Qo‘qon-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha har bir yo‘lovchi uchun 7000, Qo‘qon-Marg‘ilon yo‘nalishiga 5000, Qo‘qon-Oltiariq bo‘yicha harakatlanuvchilar uchun bor yo‘g‘i 3000 so‘m narxlar belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, 2019 yil davomida jami 2 mln 7 ming kishi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filiali xizmatlaridan foydalangan bo‘lsa, aksionerlik jamiyati vodiy shahar va tumanlari bo‘ylab 1 mln 154 ming yo‘lovchini o‘z manzillariga yetkazib qo‘ygan.

Elyorjon EHSONOV

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar