• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Qiziqarli “Andijon polkasi” muallifi kim yoxud 4 mart tarixiga bir nazar
Qiziqarli

“Andijon polkasi” muallifi kim yoxud 4 mart tarixiga bir nazar

  • 04.03.2020 / 06:40
  • 5142
  • 0
111

O‘ZBEKISTON TARIXIDA

1194 yil (826 yil oldin) – Jaloliddin Manguberdining bobosi Xorazmshoh Takash jangda Saljuqiylar sultoni To‘g‘rul III qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi.

1891 yil (129 yil oldin) – aktyor, sozanda (garmonchi), O‘zbekiston xalq artisti Orif garmon Toshmatov dunyoga keldi (vafoti – 1944 yil). 1930 yili mashhur chex polkasi yaratildi. Bu kuy tez orada o‘zining ajabtovurligi bilan butun dunyoga tarqab ketdi. Shu kuyga hamohang tarzda O‘zbekistonda ham yangi kuy – “Andijon polkasi” dunyoga keldi. Mazkur raqs kuyining muallifi andijonlik bastakor Orif garmon edi (polka so‘zining lug‘aviy ma’nosi “shiddatkor”, “tezkor” demakdir).

1921 yil (99 yil oldin) – Moskvada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) va Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) o‘rtasida “Ittifoq shartnomasi” imzolandi.

1921 yil (99 yil oldin) – Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi ag‘darib tashlangach, olti oy davomida qizil askarlarga qarshi kurashgan so‘nggi amir Olimxon Afg‘onistonga o‘tib ketdi.

1938 yil (82 yil oldin) – qoraqalpoq tilshunosi, professor O‘roqboy Do‘spanov tavallud topdi. U “Qoraqalpoq tilining imlo lug‘ati” va boshqa bir qancha lug‘at tuzuvchilaridan biri.

1992 yil (28 yil oldin) – O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatildi.

1996 yil (24 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.

 

JAHON TARIXIDA

1238 yil (782 yil oldin) – Vladimirning buyuk knyazi Yuriy Vsevolodovich qo‘shini bilan mo‘g‘ul tumanboshisi Burundoy qo‘mondonligi ostidagi qo‘shinlar o‘rtasida Sit daryosi bo‘yida jang bo‘ldi. U mo‘g‘ullar g‘alabasi bilan yakunlandi.

1678 yil (342 yil oldin) – italyan kompozitori, skripkachi, dirijyor va pedagog, konsert janrining asoschisi Antonio Vivaldi dunyoga keldi (vafoti – 1741 yil). Uning 1735 yil Verona shahrida ilk bor sahnalashtirilgan Amir Temur haqidagi operasi Yevropada Sohibqiron qiyofasini gavdalantiruvchi dastlabki asarlardandir.

1859 yil (161 yil oldin) – rus fizigi va elektrotexnigi, radio ixtirochisi Aleksandr Popov dunyoga keldi (vafoti – 1905 yil).

1877 yil (143 yil oldin) – amerikalik kashfiyotchi Emil Berliner mikrofonni yaratdi.

1921 yil (99 yil oldin) – abxazcha nomi “Apsni” – “Qalb o‘lkasi” ma’nosini anglatuvchi Abxaziya Sovet Sotsalistik Respublikasi tashkil topdi.

1977 yil (43 yil oldin) – tarixga Ruminiya zilzilasi yoki Vrancha zilzilasi nomi bilan kirgan zilzila sodir bo‘ldi. Episentrda zilzila kuchi 8 ballga yetdi. Birgina Buxarest shahrining o‘zida 1600 ga yaqin kishi xarobalar ostida qolib halok bo‘ldi.

Alisher EGAMBERDIYEV

Manba: O‘zA

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar