• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Qiziqarli Telegram asoschisi Pavel Durov: menda qasr uylar, sport avtomobillari va shaxsiy samolyotlar yo‘q
Qiziqarli

Telegram asoschisi Pavel Durov: menda qasr uylar, sport avtomobillari va shaxsiy samolyotlar yo‘q

  • 07.09.2021 / 11:37
  • 355
  • 0
111

«Menda na avtomobil, na shaxsiy samolyot va na uyim bor. Mening dunyoim - bu piyoda, metroda yurish, 18-20 kvadrat metrdan iborat ijara uy. Mening o‘rnimda bo‘lishni xohlaydiganlar butunlay alkogoldan, go‘sht va qimmat kiyimlardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Hali kambag‘al talaba bo‘lib oliygoh yotoqxonasida turganimdan beri takrorlayman, pul bu juda katta baho berilgan material, dunyo elementi xolos. Hammasi ichki holatga bog‘liq va u har narsadan ustun.

Milliardlab pullari bor korruptsionerlarga qarang, ularda ichki xotirjamlik yo‘q, topgan pullarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun barcha narsadan hatto hayotidan voz kechadi.

Pulni asosiy element deb hisoblashni boshlagan zahoti siz ichki xotirjamlik va hayotni qimorga tikasiz va qimorda yutqazib qo‘ymaslik uchun yana va yana hayot degan xazinadan qarz olaverasiz. Bir kun hayot sizga qarz berishdan charchaydi va siz hammasini yutqazasiz. “Qimor stoli” atrofiga boshqalar keladi.

Kapitalistik jannat deb nomlangan dunyo sizga qanchalik ko‘p narsang bo‘lsa, shunchalik baxtli bo‘lasan degan g‘oyani sotadi.

Qadimdan shunday gap bor: “Qul hech qachon ozod bo‘lishni xohlamaydi, u o‘z shaxsiy qullari bo‘lishini xohlaydi”. Inson “qul va xo‘jayin” paradigmasida qolar ekan, hech qachon baxtli bo‘la olmaydi. Bu sistemada “har qanday odam kimningdir quli, har qanday qul esa kimningdir xo‘jayini” hisoblanadi.

Pulning quli bo‘lar ekansiz, hech qachon o‘z hayotingizning xo‘jayini bo‘la olmaysiz. Qimor stolida esa navbat kutib turganlar kun sayin ortib bormoqda».

Hozirda Pavel Durovning boyligi 3,4 mlrd dollar. Uning birorta ham o‘z uyi yo‘q. Аvtomobili ham yo‘q. Samolyoti ham yo‘q. Аsosiy transport vositasi metro. Аsosiy mashg‘uloti kitob o‘qish. Go‘sht umuman yemaydi. Аsosan arzon va qulay kiyim do‘konlaridan kiyinadi.

Manba: beminnat internet

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar