• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Voqealar Feyk: Soʻx tumanida xum ichida tilla topildi
Voqealar

Feyk: Soʻx tumanida xum ichida tilla topildi

  • 26.09.2021 / 05:43
  • 440
  • 0
111

Ijtimoiy tarmoqlarda Soʻx tumanining Sarikanda qishlogʻida joylashgan Hazrati Ali ziyoratgohidagi eski hovuzda hashar ishlari olib borilayotgan paytda ichida oltin tangalari bor xum topilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Kun.uz Fargona telegram kanali manbasi ushbu xabarni tasdiqlaganini maʼlum qilgan. Tilla tangalar 8 sentyabr kuni topilgani, xumdagi tilla tangalarning umumiy ogʻirligi taxminan 1 kg atrofida ekanligi aytilgan.

Boshqa bir ijtimoiy tarmoq kanallari esa mazkur tillaning qiymati 15 mlrd. soʻmga yaqin ekanligini taʼkidlagan.

Bunga ishonmanglar, Kishvar.uzning aniqlashicha, bu feyk xabar, deya post qoldirdi mahalliy internet nashri. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yigʻini raisi hamda deputati ham ushbu maʼlumotni rad etdi, deyiladi xabarda.

Keyinroq vodiy24.uz nashri ham ushbu xabarni tekshirib koʻrdi. Xabar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati bilan bogʻlanganimizda u ham ushbu xabar yolgʻon ekanligini taʼkidladi.

“Biz zudlik bilan aytilgan Sarikanda qishlogʻi mahalla raisi bilan bogʻlandik. Biroq ular ham ushbu xabarlar haqiqatdan yiroq ekanini bildirdi. Xabarni tarqatgan yigit bilan profilaktik suhbat oʻtkazilmoqda. U shoʻxlik qilib shu ishga qoʻl urgan boʻlishi mumkin”, — deya izoh berdi.

Shuningdek, xabarda foydalanilgan tilla tangalar rasmi esa dailymail.co.uk nashri tomonidan 2018 yilda eʼlon qilingan “Beshinchi asrning millionlab funt sterlingga teng sof oltin tangalari Italiya teatri ostidagi potada topildi” nomli maqolasida keltirilgan.

Keyinroq Kun.uz Fargona telegram kanali ham mazkur suratdan illyustrativ foto sifatida foydalanganini maʼlum qildi.

Abdulatif Akbarov

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar