Prezidentning nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qaroriga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obʼektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobilь ilovasida xarid chekining QR-kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika byudjetidan qaytariladi.
Аmmo avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov, shuningdek, to‘lov tizimi operatorlari orqali to‘lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari inobatga olinmaydi.
Bundan tashqari, sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, huquqbuzarlardan undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.
To‘lov tizimlari operatorlari o‘z to‘lov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalashni taʼminlash talabi o‘rnatiladi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari