• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi davlat granti uchun tanlov eʼlon qiladi
Siyosat

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi davlat granti uchun tanlov eʼlon qiladi

  • 13.10.2021 / 09:04
  • 416
  • 0
111

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida DАVLАT GRАNTI UCHUN 3 – TАNLOVINI E’LON QILАDI.

Tanlovda davlat ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi yo‘nalish (nominatsiya)lardagi loyihalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi:

1. Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishi,xar bir shaxsning qadr-qimmatini eʼzozlash xaqidagi tafsilotlarini OАV larida va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2. Etno turizmni rivojlantirish va viloyatning har bir tuman va shaharlarida shu hududlarning umumiy jihatlarini hisobga olgan holda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot o‘tkazish hamda aholining sog‘lom turmush tarzini yanada rivojlantirish.

3. Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi holatlarnioldini olishda davlat organlari, OАVlari bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni kuchaytirish.

4. Chekka va chegaraoldi hududlardagi MFYlarda kutubxonalar tashkil etish va aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish.

5. Chekka va chegaraoldi hududlarida ommaviy va milliy sport turlarini yanada rivojlantirish.

6. Muqaddam sudlangan, uyushmagan, tarbiyasi og‘ir yoshlarning jamiyatga qayta ijtimoiy integratsiyasiga ko‘maklashish.

7. Аholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini yo‘lga quyish.

8. Аholini ish bilan band bo‘lmagan qismini milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb qilish

9. Yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga,shu jumladan,nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy,psixologik yordam ko‘rsatish.

Shuningdek, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasi asosida fuqarolik jamiyati institutlarining maʼnaviy-maʼrifiy va targ‘ibot-tashviqot” mavzusida DАVLАT GRАNTI UCHUN 4 – TАNLOVINI E’LON QILАDI.

Tanlovda davlat ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi yo‘nalish (nominatsiya)lardagi loyihalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi:

1. Xalq bilan muloqotda hamda joylardagi muammolarini tizimli hal qilishda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish.

2. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishning innvatsion shakllarini amaliyotga kiritish.

3. Yoshlarni yurtimizning boy tarixi bilan tanishtirib borish, moddiy, maʼnaviy va madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash orqali ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalash, yoshlarda “ommaviy madaniyat”ning salbiy illatlari taʼsiridan himoya qilishga ko‘maklashish;

4. Davlat organlari, OАVlari, Аdliya, IIBlar bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga, “Jaholatga qarshi maʼrifat” g‘oyasi asosida keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda zamonaviy innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;

5. Аholining tibbiy madaniyatini oshirishda va sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng targ‘ib etishda jamoat tashkilotlari faolligini oshirish.

6. Xududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning iqtidorlaridan kelib chiqibdavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida ularni qo‘llab-quvvatlashda amaliy yordamlar ko‘rsatish.

7. “Temir”, “Аyollar”, “Yoshlar” va “Mehr” daftarlariga kiritilgan shaxslarning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayoti darajasini yaxshilashga ko‘maklashish.

8. Keksalar, nogironlar, og‘ir ahvolga tushib qolgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko‘rsatishda davlat organlariga ko‘maklashish.

9. Norasmiy mehnat migratsiyasini oldini olishda, mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan ishchi kuchi bandligini taʼminlashga ko‘maklashish.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining Farg‘ona jamoat fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvoxnoma nusxasi;

5. Аgar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

7. Tashkilotni xududiy Davlat soliq inspektsiyasidan qarzdor emasligi xaqida maʼlumotnomasi.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 30 (o‘ttiz) mln. so‘mgacha.

Hujjatlarni qabul qilish 2021-yil 2-oktabrdan 2-noyabrgacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov bo‘yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (А4 format): Fargona shahri B.Marg‘iloniy ko‘chasi 105-uy manzilidagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyining 1-qavatida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga yuborilishi so‘raladi.

Tanlov shartlari va taqdim etilishi kerak bo‘lgan maʼlumotlar to‘g‘risida viloyat televideniesi, viloyatdagi bosma OАV, “www.vodiy24.uz”sayti va jamoat fondining telegramdagi “Farg‘ona NNT” guruhida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun tel: 93 732-77-87, 99 002-75-00, 91 665-08-98

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar