• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Farg‘onada Meribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘z uylariga ega bo‘lmoqda
Siyosat
Jamiyat
Iqtisodiyot
Madaniyat
Sport
Fan va ta'lim
Jamiyat

Farg‘onada Meribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘z uylariga ega bo‘lmoqda

  • 02.12.2021 / 11:14
  • 1255
  • 0
111

Joriy yilning 26-27-noyabr kunlari Farg‘ona hamda Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5216-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash va “Mehribonlik uyi” bitiruvchilarini ijtimoiy yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha bitiruvchilariga, Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shavkat Akbarov, shahar hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida uylar topshirildi.

Jumladan, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Mehribonlik uyi sobiq bitiruvchisi Saydaxmedova Zilola Ma’mur qiziga, Muratov Murod Sultonalievichlarga, Farg‘ona shahridan Qodirov Baxriddin va Karimova Mayramxonlarga Marg‘ilon shahridan 1 xonali to‘liq ta’mirlangan va jihozlangan uylarning kaliti topshrildi.

«Anchadan beri uysiz edim. Prezident qarorlari sabab bugun uyli bo‘ldim. Uyimda hamma sharoitlar bor. Bizga otalarcha g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga va Milliy gvardiya хodimlariga rahmat», – dedi Zilola Saydahmedova.

Marg‘ilon shahar 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Qodirov Baxriddin:

–    Prezident qarori sabab Milliy gvardiyaga kelib 1 oylik armiyaga imtiyoz asosida yuborishlarini so‘rab murojaat qildim. Suhbat davomida Armiyaga ketishga to‘lagani pulim yo‘qligi, kollejni bitirganimdan beri uysizlik muammosi sabab ishxonalarda yashab yurganimni aytdim. Milliy Gvardiya ko‘magi bilan bepulga Armiyaga borib xizmat qildim. Bir oylikdan kelishimga mana yangi uylarni kalitini menga topshirishmoqda. Haligacha hursandchiligim ichimga sig‘mayapti.

Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i Shavkat O‘ktamovich Akbarovga ko‘ra, topshirilayotgan uylarning barchasi davlat tomonidan to‘liq, yangitdan, ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib, har bir uylarga zamonaviy eshik-romlar hamda konditsionerlar o‘rnatilgan. Oshxona va yotoqxona mebellari bilan jihozlangan.

Uylar topshirilishidan oldin shaxsan o‘zim borib ko‘zdan kechirdim, issiqlik tizimiga ulanmagan xonadonlarga “Ariston” suv isitgichlarini qo‘ydirdim. Bolalarni o‘z farzandimday ko‘rib oshxona va mehmonxonasiga muzlatgichdan tortib, televizorigacha oldirib keldim. Yetim bola qiynalmasin deb parda, gilom, ko‘rpa -to‘shak, idish tovoqlarigacha berildi. Hozir 4 ta tarbiyalanuvchi uy oldi. Yil yakunigacha navbatda turgan barcha bolajonlar Prezident qarorida aytilganidek hamma sharoitga ega uylarini oladilar. Tayyor bo‘lgan uylarni birin-ketin topshiramiz bu ishlar to‘xtab qolmaydi. Hammasi Milliy gvardiya nazoratida” – deydi polkovnik Shavkat Akbarov.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, eski tartib bo‘yicha uy -joy olgan Mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilari ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Farg‘ona viloyat Xalq deputatlari kengashi kotibiyat mudiri Nafisaxon Elchieva tashabbusi bilan ta’mirga muhtoj bolalarning uylari homiylar ko‘magi bilan ta’mirdan chiqarilmoqda. Bundan tashqari yetim bolalar, Prezident qarori sabab Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning kuchli mehri va nazorati ostidaligi tahsinga sazovordir.

 

Shermuhammad Dehqonov

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar