• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Voqealar Farg‘onada ovga chiqib ketib, qaytmagan fuqaroni qidirishga dron jalb etildi
Voqealar

Farg‘onada ovga chiqib ketib, qaytmagan fuqaroni qidirishga dron jalb etildi

  • 05.12.2021 / 19:54
  • 2383
  • 0
111

Yozyovon tuman hokimligi axborot xizmatining xabar qilishicha, Farg‘ona viloyati IIB navbatchilik qismiga 1-dekabr kuni tumanning «Yangiariq» mahallasi Bahor ko‘chasida yashovchi M.M. (1985 yilda tug‘ilgan) 28-noyabr kuni soat 06:30 atrofida Yozyovon tumani «Yangiobod» mahallasidagi suv omboriga ov qilish uchun ov quroli va o‘ziga tegishli Damas mashinasi bilan ketib, qaytib kelmagani haqida xabar kelib tushgan.

U ov quroli va Damas’da chiqib ketib, qaytmagani sabab oila a'zolari va qarindoshlari uni qidirib, suv ombori hududidan Damas mashinasini qulflangan holda, sumkasini esa suv ichidan topgan.

Hozirda bedarak ketgan M.M.ni topish maqsadida tuman IIBning 45 nafar, Milliy gvardiyaning 21 nafar, FVV qutqaruv guruhining 8 nafar, hokimiyatning 4 nafar, jamoatchilikning 8 nafar, jami 86 nafar vakili qidiruv ishlari olib bormoqda. Shuningdek, sakkizta qayiq, dron apparati jalb qilingan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar