• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantiradi!
Jamiyat

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantiradi!

  • 10.12.2021 / 14:57
  • 2274
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 9 dekabr kunidagi 2/5/33-1631-sonli talabnomasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2021 yil 9 dekabr kunidagi 380-01/457-sonli Shoshilinch axborot xabarnomasiga asosan, joriy yilning 12-15 dekabr kunlari Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo va Ural hududlarida hosil bo‘lgan sovuq havo massalari respublikamiz hududiga kelishi kutilmoqda.

12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir qorga aylanadi, qalin tuman tushadi).

12-13 dekabr kunlari tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi (yomg‘ir qorga aylanadi, qalin tuman tushadi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda.

Shuningdek, ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha, kuchayishi mumkin.

Ushbu sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida, havo haroratining 8-10 °S gacha pasayishi kutilmoqda.

13-15 dekabr kunlari havo harorati kechasi 3-8°S gacha sovuq, kunduzi 0-5°S gacha iliq bo‘lishi kutilmokda.

Kutilayotgan kuchli shamol, sovuq va nam havo harorati chorva mollarini yaylovlarda boqish va saqlashda, avtotransport vositalarining harakati, aloqa tarmoqlari, kommunal va energetika xizmatlari faoliyati murakkablashishiga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, aholi tomonidan isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, xonadon va ish joyidagi isitish moslamalarini qarovsiz qoldirmasliklari, yosh bolalarni uyda nazoratsiz, yolg‘iz qoldirmasliklarini, isitish pechlarining mo‘ri (dudburon)larini to‘g‘ri va mustahkam o‘rnatilganligiga ahamiyat berishlarini, xonada gaz hidi sezilsa chiroqni yoqmasliklari, agarda yoniq bo‘lsa o‘chirmasliklari, gaz to‘lgan xonani zudlik bilan shamollatishlarini so‘rab qolamiz.

2021-2022 yil kuz-qish mavsumda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar, gaz-havo aralashmasi chaqnashi va is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling! Yong‘in va tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda 101 hamda 1050 qisqa raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

FVB Matbuot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar