• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10830.00

Sotish

10890.00

Bosh sahifa Sport Sportchi yoshlar bellashdi
Sport

Sportchi yoshlar bellashdi

  • 10.12.2021 / 16:59
  • 90
  • 0
111

Farg‘ona shahrdagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida 3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlangan sport bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘lim boshqaruvi hamkorligida bo‘lib o‘tgan bahslarda futbol, shashka va shaxmat turlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

G‘oyat qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lgan futbol bahsida 1-o‘rin kasb-hunar maktabining 17-21 guruh o‘quvchilariga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan shashka musobaqasida 1-o‘rinni 3-20 guruh o‘quvchisi Dilorom Egamnazarova egalladi. Bolalar o‘rtasida kechgan bellashuvda esa 7-20 guruh o‘quvchisi Allayor Sayidumarov g‘olib bo‘ldi.

Aql mashqi musobaqasida 10-20 guruh o‘quvchisi Omadbek Odilovning omadi chopdi. Qizlar o‘rtasida esa 2-20 guruh o‘quvchisi Hadichaxon Ro‘ziboeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblari sharafiga Farg‘ona shahridagi “Farmuz” to‘yxonasida bayram dasturxoni yozildi. G‘olib va sovrindorlar “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘lim boshqaruvi tomonidan musobaqa kubogi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Voqealar