• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10830.00

Sotish

10890.00

Bosh sahifa Huquq “Lishenie” qilingan “Prava”ni muddatidan oldin olsa bo‘ladimi?
Huquq

“Lishenie” qilingan “Prava”ni muddatidan oldin olsa bo‘ladimi?

  • 16.12.2021 / 11:39
  • 57
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 343-moddasiga (Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirishning asoslari va tartibi) asosan, “Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulq-atvori bilan o‘zini ko‘rsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qo‘llagan jinoyat ishlari bo‘yicha sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi o‘tgach va sud tomonidan tayinlangan jarima to‘langach, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin”.

Mazkur asosga ko‘ra,  ish joyidan xulqi yaxshilangani haqidagi tavsifnomani ilova qilgan holda, iltimosnoma bilan tumandagi jinoyat sudiga murojaat qilish lozim.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Voqealar