• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat DXA: Farg‘ona viloyatida 2021 yilning 1 dekabr holatiga aholiga 963 ming 446 ta davlat xizmati ko‘rsatildi
Jamiyat

DXA: Farg‘ona viloyatida 2021 yilning 1 dekabr holatiga aholiga 963 ming 446 ta davlat xizmati ko‘rsatildi

  • 16.12.2021 / 11:51
  • 1973
  • 0
111

Tizimning maqsadi xalqni rozi qilish. Byurokratiya va korrupsiyaga chek qo‘yish. Aholining davlat xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish bilan qanoatlantirishdan iborat.

Viloyatning hududlardagi 19 tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning jami 963 ming 446 ta murojaatiga yechim topildi. Shundan 42 ming 259 tasi sayyor tartibda amalga oshirilgan.

Eng ko‘p xizmat viloyatning Farg‘ona shahrida amalga oshirilgan. 124 ming 154 ta davlat xizmatiga ariza tushgan. Quva tumanida 94 ming 312 ta fuqaro murojaatiga davlat xizmati ko‘rsatilgan. Qo‘qon shahrida 87 ming 784 ta, Marg‘ilon shahrida aholi 72 mingdan ziyod davlat xizmati oldi.

Yuridik korxona ochgan 9559 nafar biznes vakillariga ham Davlat xizmatlari markazlari orqali tezkor xizmat ko‘rsatilgan. 14036 nafar tadbirkor yakka tartibda faoliyat yuritishini rasmiylashtirgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar