• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport “Endi mening birinchi muxlisim yoʻq”. Odil Ahmedov futboldan ketib nima ish qilishini aytdi
Sport

“Endi mening birinchi muxlisim yoʻq”. Odil Ahmedov futboldan ketib nima ish qilishini aytdi

  • 22.12.2021 / 11:29
  • 4187
  • 0
111

Futbolchining faoliyatiga bagʻishlangan “Odil Ahmedov: «Orzuning shonli yoʻli” kitobi taqdimot marosimidan keyin u futboldan ketgani sababi va endi nima bilan mashgʻul boʻlishi haqida toʻxtaldi. 

“Har bir narsaning boshi boʻlganidek, oxiri ham bor. Yaqinda Oʻzbekiston milliy jamoasidagi faoliyatimni yakunlaganim haqida eʼlon qilgandim. Bugun esa oʻzim uchun yana bir qarorni qabul qildim. Bu qarorga kelish juda ogʻir boʻldi. Bugun sizlarning koʻz oʻngingizda butsalarimni mixga ilib, futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimni maʼlum qilaman. 

Yosh oʻyinchilarga aytadigan gapim – orzu qiling, maqsad qoʻying va harakat qiling. Hammasiga erishasiz. Biz albatta, jahon chempionatiga chiqamiz”, - dedi Ahmedov.

Tadbirda Odil Ahmedovning faoliyatiga bagʻishlangan film namoyish etilganda, u bu yil ogʻir judolikka uchragani – otasini yoʻqotganini aytib, buni faoliyatini yakunlashga sabab sifatida koʻrsatdi.

“Futboldagi eng birinchi muxlisim ham maslahatgoʻy otam edilar. Endi esa u kishi yoʻq. Shu bois faoliyatimni yakunlash haqida oʻyladim”, - dedi Odil.

Tadbirdan keyin esa 34 yoshli sobiq futbolchi OAV vakillari bilan suhbatda qaroridan afsuslanmasligi va endi nima bilan shugʻullanishini aytdi.

“Bugungi qarorimdan afsuslanmayman, buni toʻgʻri qarorlarimdan biri deya olaman. Chunki bunga sabablarim yetarli. Uzoq oʻylab, yaqinlarim bilan maslahat qilib, faoliyatimni tugatishim toʻgʻri, degan qarorga keldim. 

Faoliyatimga bagʻishlangan kitob yoshlarga yangi maqsadlarga yetishish uchun yordam berishi mumkin, deb oʻylayman. Chunki unda qiyinchiliklarni qanday yengib oʻtganim haqida yozganman. 

Endi nima bilan mashgʻul boʻlaman? Bilasiz, oʻzimning futbol akademiyam bor, oʻsha ishim bilan jiddiyroq shugʻullanish imkoni boʻladi. Umuman olganda, futbol ichida boʻlaman”, - deydi Odil.

Avvalroq, milliy jamoa sobiq sardori “Odil Junior” akademiyasi uchun oyiga 50-100 million soʻm sarflashi haqida maʼlum qilgan edi. 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar