• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat “Go‘dakligimdayoq kichik jussamga “quloqning bolasi” degan tamg‘a bosilgan...” – Ergashboy ota xotiralari
Jamiyat

“Go‘dakligimdayoq kichik jussamga “quloqning bolasi” degan tamg‘a bosilgan...” – Ergashboy ota xotiralari

  • 27.12.2021 / 09:49
  • 454
  • 0
111

“...1929 yili Farg‘ona tumani Arab qishlog‘ida tug‘ilganman. 1931 yili, bir yarim yoshligimda otam Ergashboy Topvoldi o‘g‘li, onam Fazilatbonu Norbadal o‘g‘li, opam Turg‘unoy va men – butun oila “quloq” deya badarg‘a qilinganmiz.

Ota-onamning aytishicha, o‘sha vaqtda qurolli kishilar bizni Andijongacha yayov olib ketishgan ekan. U yerda bizga o‘xshab surgun qilinganlarni to‘plab, poezdga joylab Ukrainaga jo‘natishgan.

Otamning uddaburonligimi yo Yaratganning inoyatimi – biz tutqunlikdan qochishga muvaffaq bo‘lgan ekanmiz. Bir necha hafta yo‘l yurib, Qirg‘izistonning Cho‘lponota degan manziliga yetib boribmiz. Birovlarning uyida yashab, har kimning yumushini bajarib kun ko‘rishibdi.

Ma’lum vaqt o‘tib, ota-onam Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga (eski nomi Qo‘qon) ko‘chib kelishibdi. Quruq qayrag‘och qishlog‘ida 1951 yilgacha yashaganmiz.

Ota-onam jamoa xo‘jaligida ishchi edi. Men otboqarlik qilardim.

“Xalqlar otasi” Stalin vafot etgach, qarindoshlarimiz bizni daraklab topishadi va ona qishlog‘imizga qaytarib olib kelishadi. Afsuski, Arab qishlog‘idagi boshpanamiz buzilgan, uyimiz kolxoz idorasi bo‘lib ketgan ekan. Vaqtincha qarindoshlar uyida yashadik...

Yaratganga shukur, uylanib oila qurdim. 5 o‘g‘il, 4 qizni tarbiyalab voyaga yetkazdik. Nafaqaga chiqqunga qadar jamoa xo‘jaligida haydovchilik qildim.

Bugungi yorug‘ kunlarga yetkazganiga shukronalar keltiraman. Xalqimiz ozod va hur, hayotimiz farovon. Bolalarimga, nevaralarimga bu to‘kin-sochinlik, erkinlikning qadriga yetish zarurligini, uning bardavom bo‘lishi uchun harakat qilish kerakligini tinmay uqtiraman”.

 Tursunali Ergashboy o‘g‘li

Ma’lumot uchun, Quloqlashtirish, «quloqlar» (rus. kulachestvo — mushtumzo‘r) – mustabid sovet rejimining badavlat va o‘rta hol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosati (1929-1933). O‘rta Osiyoda yer-suv islohoti o‘tkazilishi jarayonida qishloqlardagi badavlat xonadonlarni «mushtumzo‘r» («quloq») sifatida badarg‘a qilish boshlangan. Bu islohot davrida 30 mingga yaqin yirik va o‘rta mulkdorlarning xo‘jaliklari tugatilgan va ularning yerlari musodara qilingan

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar