• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Oltiariqda bir kunda ikki xorij korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Iqtisodiyot

Oltiariqda bir kunda ikki xorij korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

  • 29.12.2021 / 09:11
  • 318
  • 0
111

Oltiariq tumani mirishkorlari astoydil bo‘lishsa ketmonni ham ko‘kartirib yuboradiganlardan. Shuning uchun ham tumanda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni eksport qilishga, qayta ishlashga ishtiyoqmand biznes vakillari talaygina.

Kuni kecha Oltiariq tuman Davlat xizmatlari markazida xorij sarmoyadorlari ishtirokidagi ikkita korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Gap shundaki, rasman ro‘yxatga olingan Iroq davlati sarmoyadorlari ishtirokidagi “Saro Rashed Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati yaqin kunlarda meva va sabzavotlarni qayta ishlashni boshlaydi. Korxonada 50 nafardan ortiq mahalliy yoshlar ish bilan ta’minlanadi.

Buni qarangki, shu kunning o‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi qirg‘izistonlik tadbirkorlar ishtirokidagi “Oltiariq Food City” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ham rasman tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun ruxsat berildi. Xorij sarmoyasi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bu jamiyatda tez kunlarda 100 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mukinki, ayni kunlarda Farg‘ona viloyatida jami 81 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 26 minga yaqini yakka tartibdagi tadbirkorlar, 57 tasi yuridik ko‘rinishga ega tadbirkorlar hamda 294 tasi xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar