• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq BOJXONA TIZIMIDAGI O‘ZGARISHLAR tadbirkorlar uchun bir qator qulayliklar yaratadi
Huquq

BOJXONA TIZIMIDAGI O‘ZGARISHLAR tadbirkorlar uchun bir qator qulayliklar yaratadi

  • 29.12.2021 / 09:55
  • 282
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 10 sentabrdagi “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tizimga bir qator o‘zgarish va innovatsiyalar joriy etildi.

Jumladan, dastlab Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha boshqarmalarida, 2022 yil aprelidan esa barcha hududiy boshqarmalarda «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashkil etiladi. Mazkur postlar tizimga raqamli texnologiyalarni joriy etgan holda, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofadan rasmiylashtirishni amalga oshiradi.

Joriy yil dekabr oyidan e’tiboran veterinariya va fitosanitariya organlarining tovarlarga tegishli hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish vazifalari «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali amalga oshirila boshladi. Bunda mas’ul organlar tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilindi va to‘lanadigan barcha yig‘imlarni transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan to‘lash amaliyoti joriy etildi.

Shuningdek, alohida yuridik shaxs maqomiga ega Markaziy bojxona laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Mazkur laboratoriya tomonidan nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash, tovarlarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatsiyalash bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va boshqa turdagi kriminalistik sud ekspertizalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Qisqacha aytganda, tizimga elektron hujjat almashuvi va raqamlashtirish tatbiq etilishi natijasida tadbirkorlar hamda eksport-import bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmonlar uchun bir qator qulayliklar yaratiladi, ularning qimmatli vaqti tejaladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi PQ-3665-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritilib, bojxona organi xodimlari mehnatini munosib rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyalash maqsadida mukofot va moddiy yordam miqdorlari, xodimlarning xizmat yillariga muvofiq, oylik lavozim va maxsus unvon maoshlariga nisbatan 5 foizdan 40 foizgacha ustamalar berish belgilandi.

Bundan tashqari, xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuqori ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, shuningdek o‘z faoliyatida yuqori natijalarni ko‘rsatgan xodimlarga endilikda «uchinchi toifali mutaxassis», «ikkinchi toifali mutaxassis», «birinchi toifali mutaxassis», «usta» malaka darajalari beriladi.

Soha xodimlariga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik tizimda mehnat qilayotgan xizmatchilarga yangi kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Elyorjon NURALIYEV,

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Marg‘ilon” TIF

bojxona posti katta inspektori.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar