• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Jarima jazosi hamda uning ijro etilish tartibi
Huquq

Jarima jazosi hamda uning ijro etilish tartibi

  • 30.12.2021 / 11:35
  • 856
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan asosiy jazo tariqasida jarima jazosi qo‘llanilishi mumkinligi belgilangan.

Jarima – aybdordan davlat daromadiga ushbu belgilangan miqdorda pul undirishdir. Jarima eng kam oylik ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi.

Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek, kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning to‘lanmagan miqdorini axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi eng kam oylik ish haqining o‘n olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.

Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda to‘lashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lamagan taqdirda, jarima davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lashi shart. Agar belgilangan muddatda jarimani to‘liq miqdorda to‘lashga mahkumning imkoni bo‘lmasa, sud uning iltimosnomasiga ko‘ra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etishi mumkin.

Mahkumning jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlashi bu jazoni Jinoyat kodeksining 44 va 82-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va doirada boshqa jazo bilan almashtirishga sabab bo‘ladi. Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek, kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan sudga o‘n kunlik muddat ichida murojaat qiladi.

 

I.X.Komilov,

Farg‘ona harbiy sudi mas’ul xodimi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar