• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Faxriy harbiylar yo‘qlandi
Jamiyat

Faxriy harbiylar yo‘qlandi

  • 14.01.2022 / 05:04
  • 259
  • 0
111

Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan Buvayda tuman hokimligi, Mudofaa, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limlari va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi, nuroniylar hamkorlikda ona yurtimizga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilgan faxriy harbiylar, baynalmilalchi jangchilar, harbiy xizmat chog‘ida vafot etgan askarlar xonadonida bo‘lishib, ko‘ngil so‘rashdi, bayram sovg‘alari topshirishdi.

 – Inson qadri ulug‘ bo‘lgan yurtda yashayapmiz, – deydi nafaqadagi harbiy serjant Zoirjon G‘ofurov. – Yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilganimdan faxrlanaman. Bayram munosabati tuman faollarining xonadonimizga tashrifidan juda mamnun bo‘ldim. Bunday xayrli tadbirlarning bardavom bo‘lib borayotgani kishiga ko‘tarinkilik, ulug‘vorlik bag‘ishlaydi.

Bunday bayram yo‘qlovlaridan Dodxo mahallasida umrguzaronlik qilayotgan afg‘on urushi qatnashchisi Rasuljon Tojikarimov ham bahramand bo‘ldi.

 – Harbiy vatanparvarlik doirasida shahar va tumanlarda, mehnat jamoalarida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kecha va uchrashuv, sport musobaqalari o‘tkazildi, – deydi ”Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov. – Unda sarhadlarimiz daxlsizligi, yurtimiz tinchligi, mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida jonlarini fido qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasi yodga olindi, oila a’zolari holidan xabar olinib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida 70 nafardan ortiq faxriy xazmatchilar yo‘qlandi. Yozyovon tumani “Yuqori” MFY O‘zbekiston ko‘chasida istiqomat qilgan, Afg‘onistonda mardlarcha halok bo‘lgan Usmonov Yokubjonning uyidagilar holidan xabar olindi.

Shu kuni Yozyovon tumani “Yuqori” MFY O‘zbekiston qo‘chasida istiqomat qilgan Afg‘on urushida mardlarcha halok bo‘lgan Yoqubjon Usmonov oila a’zolari yo‘qlandi, qahramon jangchining hayot tarzi, ibratli ish-amallari bilan bog‘liq xotiralar yod etildi.

 

 

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar