• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport Matonatli g‘oliblar aniqlandi
Sport

Matonatli g‘oliblar aniqlandi

  • 18.01.2022 / 11:23
  • 248
  • 0
111

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘lim boshqaruvi hamda “Farg‘ona nogironlar futbol jamoasi” tashabbusi bilan 14 yanvar –Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab nogiron futbolchilar o‘rtasida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona shahridagi “Davr” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Yashil maydonda harakat qilgan amputant futbolchilar matonat va mahorat bilan to‘p surishdi.

– Bunday sport bellashuvlari aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tag‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish borasida o‘ziga xos ahamiyatga ega, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov. – Bu kabi sport bahslarini har bir mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazishga katta e’tibor berilayotgani iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, imkoniyati cheklanganlarni rag‘batlantirish imkonini bermoqda.

Murosasiz kurashlar boy bo‘lgan amputant futbolchilar bellashuvida Abdujabbor Ro‘zmetov murabbiyligidagi qo‘qonlik yoshlarning qo‘li band keldi.

 

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi

 viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar