• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport Toshloqlik kasb-hunar maktabi o‘quvchisi terma jamoa tarkibiga olindi
Sport

Toshloqlik kasb-hunar maktabi o‘quvchisi terma jamoa tarkibiga olindi

  • 19.01.2022 / 09:10
  • 205
  • 0
111

Abdulvosit Vahobov Toshloq tuman 1-son kasb-hunar maktabi “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish chilangari” yo‘nalishi 2-bosqich o‘quvchisi.

U 12 yoshidan buyon Mirzohidjon Yigitaliyev murabbiyligi ostida  Turon yakkakurash sport turi sirlarini o‘rganib keladi. O‘tgan yillar mobaynida qator yutuqlarga erishdi. Jumladan, 2014-yili Qozog‘istonda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Turon yakkakurashi bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2016-yilgi O‘zbekiston chempionatida faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2019-yili Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ikkinchi bor Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu kunga qadar yetti karra O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Ayniqsa, 2022-yil sportchi yigit uchun omadli keldi. Yaqinda Abdulvosit mazkur sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasining yoshlar bo‘yicha asosiy tarkibiga qabul qilindi. Shuningdek, sport ustaligiga nomzod ham bo‘ldi.

U o‘zining tirishqoqligi, sportga mehri va xulq-odobi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelmoqda. Malakali o‘qituvchilardan bilim va hunar sirlarini o‘rganib kelmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar