• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Elektr energiyasidan oqilona foydalanaylik!
Jamiyat

Elektr energiyasidan oqilona foydalanaylik!

  • 20.01.2022 / 14:38
  • 53
  • 0
111

Elektr energiyasi.  Iste’molchilar uchun ayni hozirgi mavsumda eng ko‘p talab etiladigan tovar mahsulotidir.

Bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilib, shu vaqtning o‘zida iste’mol qilinadigan ushbu tovar mahsulotining iste’molchilarga yetkazilguniga qadar qancha mashaqqat, qancha zahmat talab etilishini bir tasavvur qiling!

Bugun hayotimizni ana shu beminnat dastyorsiz, bir zumga bo‘lsin, tasavvur etolmaymiz. Qish mavsumida ushbu mahsulotga bo‘lgan talab yilning boshqa mavsumlariga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.

Ayni kunlarda viloyat bo‘yicha iste’molchilarga yetkazib berilayotgan kunlik elektr energiyasi miqdori 22,0 mln kVt/sni tashkil etadi.

Raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, 2016 yilda viloyatdagi iste’molchilarga 3,9 mlrd kVt/s elektr energiyasi yetkazib berilgan. 2021-yilga kelib esa viloyat bo‘yicha elektr energiyasi iste’molchilariga jami 5,3 mlrd kVt/s elektr energiyasi yetkazib berilgan, bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 36 % ga oshgan.

O‘tgan 2021 yil davomida yetkazib berilgan elektr energiyasini sarhisob qiladigan bo‘lsak, eng yuqori ko‘rsatkich yilning oxirgi oyi – dekabr oyiga to‘g‘ri keladi. Sababi, dekabr oyida viloyat bo‘yicha iste’molchilarga 548,9 mln kVt/s elektr energiyasi yetkazib berilgan. Viloyatning 60 mingga yaqin aholi iste’molchilarining iste’moli noyabr oyiga nisbatan 2 barobarga ortgan.

Elektr energiyasi 2 barobarga ortgan iste’molchilar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich bu (hududning umumiy aholi iste’molchilariga nisbatan) Buvayda (10%), So‘x (10%), Uchko‘prik (9,5%), Bag‘dod (8,7%), Furqat (8,3%), Toshloq (8,1%) hamda O‘zbekiston (7,9%) tumanlaridagi aholi iste’molchilarida kuzatilgan.

Bugun elektr energiyasiga bo‘lgan talabning kun sayin ortib borishi ortidan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror va sifatli yetkazib berish borasida qator dasturlar ijrosi yuzasidan joylarda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlarini doimiy yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda iste’molchilar o‘rtasida iste’mol madaniyatini oshirish, elektr energiyasidan oqilona foydalanish borasida joylarda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Elektr energiyasidan samarali, xavfsiz va albatta, oqilona foydalanaylik!

Zero, bu bilan Siz nafaqat elektr energiyasini, balki o‘z mablag‘ingizni ham tejagan bo‘lasiz!

 

“Farg‘ona HETK” AJ

matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar