• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Turizm Xalq ta’limi va turizm: sarhisob va rejalar
Turizm

Xalq ta’limi va turizm: sarhisob va rejalar

  • 27.01.2022 / 03:05
  • 2050
  • 0
111

Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasida umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar hamda o‘quvchi-yoshlarni turizm sayyohatiga keng jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlari, OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Anjumanda so‘z olgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i Ahrorbek Eshmatov o‘tgan yil davomida tizimda olib borilgan ishlar haqida ma’ruza qildi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2020-yil 9-dekabr kuni “Turizm va sport sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar muhokamasi” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-sonli Farmoni va Farg‘ona viloyati hokimining 2021-yil 24-apreldagi 01-44/3395-sonli topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tizimida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Xususan, boshqarma tasarrufidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar hamda o‘quvchi-yoshlarni turizmga keng jalb etish, yurtimizdagi ziyoratgohlar, tarixiy obidalar, mustaqillik davrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2021 yil davomida 1750 nafar pedagog va ishchi xodimlarni “Farg‘ona Vodiy Sayyoh” MChJ shaklidagi turizm agentligi tomonidan “Farg‘ona-Urganch” aviareyslari orqali “Xorazm – Buxoro – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida 6 kunlik sayohatlarga olib borildi, – deya ta’kidlab o‘tdi u o‘z ma’ruzasida.

Shuningdek, tizimdagi umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Muzeylar tariximiz ko‘zgusi” shiori ostida 2021 yil davomida viloyatdagi “Farg‘ona Vodiy Sayyoh”, “MAShXURA TRAVEL”, “FARG‘ONA SAYYOX”, “HAYOT SAYYOH 777” MChJ turizm agentliklari tomonidan Farg‘ona shahridagi O‘lkashunoslik davlat tarixiy muzeyiga, Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasi va o‘lkashunoslik muzeylariga sayohatlar tashkil etilgan. Qo‘shni Andijon, Namangan viloyatlari bo‘ylab tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 64 236 nafar o‘quvchilarni 1 kunlik sayohatlarga olib borilgan.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilarining “Farg‘ona hayvonot bog‘i”ga tashrifi tashkil etilgan.

Anjumanda ta’kidlandiki, faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘quvchilar, oliy ta’limga yuqori ko‘rsatkichlar bilan o‘tgan pedagog xodimlarni hamkor tashkilotlar bilan kelishilgan holda respublikamizdagi ziyoratgohlarga tashriflarini uyushtirish ishlari mutasaddilarning bu yilgi ish rejalaridan o‘rin olgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar