• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Madaniyat Bizni sog‘inganlar...
Madaniyat

Bizni sog‘inganlar...

  • 01.02.2022 / 15:40
  • 385
  • 0
111

Bizni sog‘inganlar shunday sog‘insin,

Xayol eshiklarin chertaveraylik...

Bizni sog‘inganlar shunday sog‘insin,

Qalblarin hijronga eltaveraylik...

 

Bizni sog‘inganlar shunday sog‘insin,

Visol ko‘chalarin izlasin har kun.

Hijron xaltasini bo‘yniga ilsin,

Dardini samoga so‘zlasin har tun...

 

Bizni sog‘inganlar shunday sog‘insin,

Yonsin alamlarda, o‘zin unutib...

Mayliga, ag‘yorlar ustidan kulsin,

Yashasin bir umr bizlarni kutib...

 

Bizni sog‘inganlar shunday sog‘insin,

Qolsin armonlarning qiynoqlarida...

Qalbiga azobning kullari insin,

Kuysin ishq o‘tining firoqlarida...

 

Bizni sog‘inganlar, shunday sog‘insin...

                                                            Zohid Ziyo

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar