• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Ko‘chat ekib bog‘ yarataylik
Jamiyat

Ko‘chat ekib bog‘ yarataylik

  • 23.02.2022 / 20:21
  • 3002
  • 0
111

Joriy yil 2-fevral kuni Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar tahliliy-tanqidiy muhokama qilinib, 1-martdan boshlab “Yashil yillik” umummilliy harakati e’lon qilindi.

Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi - bir yillik tadbir emasligi, buni puxta tayyorgarlik bilan boshlash va sifatli amalga oshirish tashabbusi ilgari surildi.

Viloyatimizda bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Joylarda ko‘chat ekish, parvarishlash, suv yo‘llarini tozalash singari keng ko‘lamdagi obodonchilik ishlari boshlanib ketdi.

Qo‘shtepa tumanining “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari ishtirokida "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish amallari boshlandi. Hududning tabiiy manzarasi va iqlim sharoitiga mos mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, mavjud nihollarni parvarishlash, shakl berish ishlari bajarildi.

– “Yashil yillik” umummilliy harakatining ilk kunida 50 tup dub va 50 tup katalpa manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, 150 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, oqlandi, 2000 metrga yaqin ariq va lotoklar tozalandi, – deydi “Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Bahodirjon Yo‘lbarsov. – Muhimi, bunday amaliy ishlar har bir mahalla va oilalarda ko‘tarinkilik, hamjihatlik bilan o‘tkazilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar